2. Ekspert tizimining umumiy strukturasi.
Asosiy tushunchalari va ta’riflar
Ekspert tizimlari - bu murakkab dastur komplekslari, ular anik predmet sohasidagi yukori darajadagi mutaxassislar bilimini yiguvchi va kichikrok darajadagi mutaxassislar konsultutsiyasi - maslaxati uchun ishlatiladigan tizimlardir.
Ekspert tizimining umumlashgan sxemasi quyidagicha bulishi mumkin:
Xakikiy ekspert tizimlar murakkabrok strukturaga ega bulishi mumkin, lekin yukorida keltirilgan bloklar xar bir xakikiy ekspert tizimida buladi.
Ayrim asosiy terminlarni keltiramiz:
Foydalanuvchi - tizim muljallangan, ya’ni uni ishlatuvchi predmet sohasi mutaxassisi.
Bilimlar mutaxassisi - ekspert va bilimlar bazasi urtasida bufer rolini utovchi sun’iy intellekt buyicha mutaxassis. Unga sinonimlar: kognitolog, analitik. Foydalanuvchi interfeysi - ma’lumotni kiritish va yechimlarni olishda foydalanuvchi va ekspert urtasida mulokotni amalga oshiruvchi kompleks dastur.
Bilimlar bazasi - ES yadrosi, ekspert va foydalanuvchiga tushunarli xamda EXM tashuvchisida yezilgan predmet sohasi bilimlari to’plami.
Yechuvchi - bilimlar bazasida bor bilimlar asosida ekspert fikrlarini modellashtiruvchi dastur.
Tushuntirishlar kod tizimi - foydalanuvchiga "Nima uchun tizim shu karorni kabul kildi", "U yeki bu taklif Qanday olindi" kabi savollarga javob beruvchi dastur.
Bilimlar bazasi intellektual redaktori. Bilimlar mutaxassisiga bilimlar bazasini mulokot rejimida yaratuvchi dastur. U uziga ichma-ich joylashgan menyu, yerdam (Help) va boshqa baza bilan ishlashni osonlashtiruvchi servis vositalarini mujassamlashtirgan.
Ekspert tizimini tuzuvchilar kollektiviga kamida 4 kishi kiradi:
- ekspert;
- bilimlar mutaxassisi;
- dasturchi;
- foydalanuvchi.
Jamoani bilimlar mutaxassisi boshqaradi, u tizimni tuzishda asosiy figura bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |