Сунъий интеллект


Algorit – bu optimal yechim olishni ta’minlaydigan formal protsedura. Bilimlar bazasi



Yüklə 413 Kb.
səhifə4/36
tarix02.03.2023
ölçüsü413 Kb.
#86212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Сунъий интеллект

Algorit – bu optimal yechim olishni ta’minlaydigan formal protsedura.
Bilimlar bazasi – bu Ekspert tizimning soha bilimidan iborat qismi.
Dispetcher – bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni boshqarib turadigan mexanizm qismi.
Bilim – bu dasturda ishlatiladigan intellektual axborot.
Interpretator – bu soha bilimini qaysi shaklda qabul qilishni boshqaradigan mexanizm qismi.
Qaror mexanizmi – bu masalalarni yechish jarayonlarini umumiy sxemasini o‘zida mujassamlashtirgan Ekspert tizimning qismi.
Ishonchlilik koeffitsienti – bu berilgan faktlar va qoidalarni aniq hisoblash ehtimoli yoki ishonchlilik darajasi belgilaydigan son.
Qoida – bu bilimni quyidagi formal shaklda berilishi: AGAR , U HOLDA .
Ekspert tizim – bu oldidan mo‘ljallab qo‘yilgan va boshqa bilimlardan ajratilgan soha bilimlariga asoslangan dastur.
Evristika – fan sohasidagi yechim izlashni cheklaydi yoki soddalashtiradigan qoida.
Semantik tarmoq – bu bilimlarni graf shaklida ko‘rsatuvchi metod, unda uch qismlari ob’ektlarni, yoylar esa uning xususiyatlarini bildiradi.
Slot – bu ob’ekt xususiyati atributi tavsifi.
Ekspert tizimni tashkillashtirish strukturasi.
Ekspert tizim asosida bilimlar bazasi yotadi. Bu yerda bilim faktlar va qoidalarning o‘zaro bog‘liq shaklda qabul qilinadi, xoh ular to‘g‘ri bo‘lsin, xoh noto‘g‘ri yoki qaysidir darajada ishonchlilikka ega bo‘lsin.
ETda ko‘p qoidalar, masalan, empirik yoki tajribali qoidalar yoki soddalashtirish, evristika bo‘ladi.
Ekspert tizim evristikani ishlatishga majbur, chunki bu yerda yechiladigan masalalar odatda qiyin bo‘ladi va oxirigacha tushunib bo‘lmasligi mumkin.
Fan sohasi haqida saralab olingan bilimlar bazaviy bilimlar, masalani yechishda qaror qabul qilishda ishlatiladiganlari esa umumiy bilimlar deyiladi. Shunday qilib, ETdagi bilimlar bazasi faktlar va qoidalardan iborat bo‘ladi, qaror qabul qilish mexanizmida esa yangi bilimlar uchun qoidani qanday shaklda qabul qilishni aniqlashtiruvchi interpretator va bu qoidalarni qanday tartibda qabul qilishni o‘rnatuvchi dispetcher bo‘ladi.
ETning tashkillashtirilgan sxemasini quyidagi shaklda tasvirlash mumkin:
BILIMLAR BAZASI
(fan sohasidagi bilimlar)

faktlar

qoidalar



interpretator

dispetcher

Chiqarish mexanizmi
(masala yechilishidagi umumiy bilimlar)
Oddiy axborotni qayta ishlovchi dasturlardan ETning farqli tomonlari:

  1. An’anaviy komp’yuter dasturlari – ixtiyoriy qo‘yilgan masalaga ular doim bir xil jarayonlar ketma-ketligida yondashishadi; Ekspert tizimhar bir qo‘yilgan masalaga xususiy yechim daraxtini quradi.

  2. Ekspert tizimixtiyoriy simvolli ifodani (masalan, konseptual, makon va zamon munosabatlari) qayta ishlaydi. Agar oddiy dasturlarda maqsad – sonli qiymatlarni hisoblash, o‘zgarmaslarni to‘plash va xotiradan chiqarish bo‘lsa, Ekspert tizimuchun maqsad – ob’ektlar va hodisalar oqimini kuzatishda oldindan asosli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berishdan iborat.

  3. Agar an’anaviy dasturlar matematik qoidalardan kelib chiqsa, Ekspert tizimishlashi esa belgilarni qayta ishlashga va evristik mulohazalarga asoslanadi.

Ekspert tiziminson tafakkurini, aniqlangan muammolarning faraz qilingan yechimlarini imitatsiya qiladi, keyin ulardan eng mos, to‘g‘ri keladiganini tanlaydi. Bunda eng oldin keraksiz yechimlarni tashlab yuboriladi. Bundanda ko‘proq, u egallangan sub’ektiv bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan tarkibiy tuzilishidan foydalanadi, tadqiq qilingan inson tizimini hayotiy muammolar yechimiga ekspertiza o‘tkazilishini qabul qilinadi. Muammolarni turli tomondan qarashni tizimli tahlili tufayli, u shundaygina to‘g‘ri keladigan emas, balki eng yaxshi yechimni beradi. Ekspert tizimbutunlay insoniy ekspertizaga bog‘liq.

Yüklə 413 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin