6. Quyidagi ta’riflarni o‘zbek tiliga o‘giring va davom ettiring.
Аннотация – краткая характеристика научной статьи или
книги с точки зрения ее назначения, содержания, вида, формы и
других особенностей.
Диссертация – научная работа, подготовленная с целью ее
публичной защиты для получения ученой степени.
Автореферат – краткое изложение основных результатов
диссертационной работы, составленное самим автором
диссертации.
7. Mashhur shaxslarning fikrlarini o‘qing. Ularga misollar
yordamida izoh bering.
“Kitobi yo‘q olim – mevasiz daraxt”. (Sa’diy, fors mutafakkiri.)
“Fanning ibtidosi aql, aqlning ibtidosi esa sabr-toqatdir. (Efendi
Kapiyev, dogistonlik yozuvchi.)
Kop bilgan emas, bilimi manfaat keltiruvchigina donodir.
(Esxil, qadimgi yunon dramaturgi.)
Olim qilmoqchi bolgan ishini bajargani hamono unutsin va endi
erta-yu kech yana qilishi lozim bolgan ishini oylasin. (Iogann Fixte,
nemis faylasufi.) Bahs va tortishuvlar uchun, boshqalarni nazarga ilmaslik, manfaat
chiqarish, shuhrat, amal orttirish va ozga maqsadlar uchun emas,
hayotga nimadir naf keltirish uchun ilmga intilmoq lozim. (Frensis
Bekon, ingliz faylasufi.)
Soha lugatlari
Zamonaviy ozbek terminografiyasining taraqqiyoti XX asrning 20-
yillaridan boshlangan bolib, hozirgi kungacha ozbek tilida ilm-fan va
texnikaning 50dan ortiq turli sohalari va tarmoqlari boyicha 250dan ortiq
terminologik lug atlar yaratilgan.
Ozbek terminologik lugatlari fan sohalarining deyarli barchasini qamrab
olgan. Aniq fan sohalari kabi, ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida
qollanuvchi terminlarning mano-mohiyatni ifodalashga yonaltirilgan
lugatlar yetakchi olimlar, mutaxassislar tomonidan tuzilgan. Terminologik
lugatlarning aksariyati rus tilidan ozlashgan terminlarning ozbek tilida
ifodalanishiga bagishlangan. Baynalmilal sozlar lugatlari, tarix atamalari,
yuridik atamalar, harbiy terminlar, iqtisodiy atamalar, soliq va bojxona
atamalari, tilshunoslik tetrminlari, adabiyotshunoslik terminlari,
lingvomadaniyatshunoslik terminlari, biologiya atamalari, tibbiy terminlar,
anatomik terminlar, harbiy terminlar, jo‘g‘rofiya atamalari va tushunchalari,
fizika atamalari, kimyo atamalari, sug‘urta terminlari lug‘atlari shular
jumlasidandir.