Pedagogika instituti


Berilgan terminlarni fan sohalari bo‘yicha guruhlarga ajratib chiqing



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə21/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

4. Berilgan terminlarni fan sohalari bo‘yicha guruhlarga
ajratib chiqing.
Antonim, apellatsiya, bedana, bioorganik modda, devalvatsiya,
dorivor giyohlar, ekotizim, element, farmakologiya, flegmatik,
gidrotsefaliya, gravitatsiya, hol, hujjat rekviziti, ijtimoiy guruh,
ilonbaliq, jarangli undoshlar, jinoyat, kinoya, klaviatura, layoqat, lola,
makroiqtisodiyot, mikroorganizm, nikel, nodavlat tashkiloti, oksid, oq
akula, partitura, pnevmatik qurol, qo‘shma gap, qo‘ziqorin, rezident,
rele, salto, statistika, taqriz, tromb, ulgurji savdo, uyqu, valentlik,
vodorod, xalq ertagi, xom ashyo, yalpiz, yo‘lbars, zardushtiylik, zig‘ir
moyi, o‘pka, o‘rtacha harorat, g‘azal, g‘ijjak, shartnoma, shovinizm,
chaqmoq, chorvachilik.
5. Matnni o‘qing. Uni kengaytirib so‘zlab bering.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi – mamlakatning oliy ilmiy
tashkiloti. Akademiya
1943-yil 4-noyabrda
tashkil etilgan. T.N. Qori
Niyoziy uning birinchi
prezidenti etib saylangan.
Akademiya tashkil topgan
yili uning tarkibida 11
haqiqiy aʼzosi, 18 muxbir
aʼzosi hamda 3 faxriy
aʼzosi boʻlib, 10ta ilmiy tekshirish institutini birlashtirgan. 210 ilmiy
xodim, jumladan, 28 fan doktori va 80ga yaqin fan nomzodi ishlagan.
Akademiya tashkil topgan davrdan beri uning ilmiy tekshirish
muassasalari xodimlarining soni, ilmiy tadqiqot ishlarining koʻlami va
salmogʻi jihatidan katta tarixiy rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi.
Akademiya olimlari tabiat, jamiyat va insoniyat taraqqiyoti, millatlar,
milliy madaniyatlar, davlat va milliy munosabatlarning rivojlanish
muammolari, taʼlim va maʼrifat masalalari, liberallashtirish sharoitida
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshliligini oshirishning
metodologik asoslari, mulkiy munosabatlardagi oʻzgarishlar, mehnatni
ragʻbatlantirish va aholini ijtimoiy himoyalash muammolari, moliyakredit, soliq va sugʻurta mexanizmini takomillashtirish, fuqarolik
jamiyati va kuchli demokratik davlatni shakllantirish masalalari
boʻyicha tadqiqotlar olib boradilar.
Akademiya olimlari fundamental tadqiqotlar ustida ishlash bilan
chegaralanibgina qolmay, mamlakat taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan
zamonaviy asbob-uskunalar, tibbiy jihozlar, dori-darmon, foydali
oʻsimliklarning yangi navlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari
zararkunandalariga qarshi vositalar, shuningdek yer osti boyliklarini
qazib olishning yangi texnologiyalarini yaratmoqdalar.
Fanlar akademiyasida ilm-fan sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga
erishgan olimlar uchun Al-Xorazmiy (1992), Zahiriddin Muhammad
Bobur (1993), H.M. Abdullayev (1993) nomida medallar taʼsis etilgan.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin