Pedagogika instituti


-mavzu. Rasmiy uslubga xos xususiyatlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə30/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

11-mavzu. Rasmiy uslubga xos xususiyatlar.
Reja:
1.Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari.
2.Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy uslubning rivojlanishi.
3.Rasmiy-idoraviy ish uslubida ro’y bergan leksik, morfologik, sintaktik o‘zgarishlar.
Rasmiy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va
davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat
qiluvchi nutq uslubidir. Mazkur uslub hujjatchilik xarakteri bilan boshqa
uslublardan ajralib turadi. Rasmiy yozishma va hujjatlar iqtisodiy, yuridik
va diplomatik munosabatlarda, ma’muriy - davlat idoralarida ishlatiladi.
Shunga ko‘ra rasmiy uslubda yuridik qonunlar, diplomatik yozishmalar,
farmonlar, qarorlar, ko‘rsatmalar, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy e’lon va
xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar xilma xil va miqdoran juda ko‘p. Hozirgi kunda tilshunoslikda quyidagi uslub turlari o‘rganilmoqda: a) so‘zlashuv uslubi; b) rasmiy ish qog‘ozlari uslubi; v) ilmiy uslub; g) publitsistik uslub; d) badiiy uslub. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi
hozirgi o‘zbek adabiy tilining ma’muriy va yuridik ishlarida amal qiladigan
bir ko‘rinishidir. Fikrning sodda, aniq, qisqa ifoda etilishi rasmiy ish
qog‘ozlari uslubining asosiy talabidir. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi
vazifaviy uslublar doirasidagi boshqa uslublardan lug‘aviy va grammatik
xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi
leksikasining yana bir xususiyati unda yuridik, diplomatik, ma’muriy va
boshqa professional atamalarning mavjudligidir.
Rasmiy yozishma va hujjatlar tilining qo‘llanish doirasi keng va xilma-xil bo‘lganligidan, uning tarkibi ham turlichadir. Fikrning sodda, qisqa,
aniq ifoda etilishi rasmiy ish qog‘ozlari uslubining asosiy talabidir.
Ular o‘ziga xos leksik va grammatik xususiyatlarga ega:
-professional terminlar (guvohnoma, dalolatnoma, bayonot, elchixona,
ishonchli vakil, qidiruv);
-turg‘un iboralar (imzo chekuvchilar, yuqorida ko‘rsatilganlar);
-tilga olinayotgan kishilar o‘z nomi bilan atalmasdan, buning o’rniga
ularning belgisi yoki biror harakati, biror narsaga munosabatini ifodalovchi
otlar qo‘llanadi (guvoh, da’vogar, ijrochi);
-noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun otlar olmoshlar bilan
almashtirilmaydi;
-fe’lning majhul darajadagi, shart, buyruq-istak va harakat nomi
shakllari ko‘proq qo‘llanadi (bajariladi, belgilansin, chora ko‘rish);
-uyushiq bo‘lakli sodda gaplar ko‘p qo‘llaniladi;
-shart ergash gapli qo’shma gaplardan keng foydalaniladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin