12-mavzu.Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar. Reja:
1.Rasmiy-idoraviy hujjat turlari.
2. Tashkiliy hujjatlar, ularning zaruriy qismlari.
Ish olib borish jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq
ravishda rasmiy ish yuritish qogozlari, hujjatlari ham xilma-xil va
miqdoran juda kop. Hujjatlarning maqsadi, yonalishi, hajmi, shakli va
boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Hujjatlar tiliga bolgan
umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga
qo‘yiladigan kopgina lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi.Bu
xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib,
mukammal hujjatlarni yaratish haqida gap ham bolishi mumkin emas. Shunga
kora, hujjatlar tasnifi masalasi alohida murakkablik kasb etadi.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga kora tasnif
qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bolmasa-da,
har qalay, ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin.
Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga kora,
yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar,
shartnomalar, idora hujjatlari, elonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi
hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va
ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar sozlari, atamalar,
tayyor sintaktik qurilmalar keng qollanib, nutqning aniq va ravshan
ifodalanishini taminlaydi.
Hujjatlar tuzilishiga kora tasnif qilinganda ichki va tashqi
hujjatlarga bolinadi. Mazmuniga kora sodda hujjatlar muayyan bir
masalani oz ichiga oladi. Murakkab hujjatlar ikki yoki undan ortiq
masalani oz ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy,
namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi,
betakrorligi, hamisha ham bir andozada bolmasligi xususiy xujjatlarning
asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud
bolsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin boladi.