4. Tashkiliy hujjatlar. Mazmuni tashkilot, muassasa va
korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari boshqaruv
jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa
tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks
ettiradi. Bulardan tashqari, farmoyish hujjatlari (buyruq, korsatma,
farmoyish), malumot- axborot hujjatlari (dalolatnoma, malumotnoma,
ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma), xizmat
yozishmalari kabi hujjatlar mavjud.
Hujjatlarni tayyorlash umumiy qoidalariga kora
zaruriy qismlari (rekvizitlari) quyidagicha:
1.Ozbekiston Respublikasining gerbi.
2.Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3.Mukofot tasviri.
4.Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5.Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6.Tarkibiy tarmoqning nomi.
7.Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi),tashkilot yoki korxona
manzili, telefon raqami,faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.
8.Matn sarlavhasi.
9.Sana.
10.Shartli raqam.
11.Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.
12.Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
14.Hujjatni oluvchi(adresant).
15.Tasdiqlash ustxati.
16.Munosabat belgisi (rezalyutsiya).
17.Hujjat turining nomi.
18.Nazorat haqida qayd.
19.Matn.
20.Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
21.Imzo.
22.Kelishuv ustxati.
23.Rozilik belgisi (viza).
24.Muhr.
25.Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
26.Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
27.Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yigmajildiga
yonaltirilganligi haqidagi qayd.
28.Axborot mashinaga kochirilganligi haqidagi qayd.
29.Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.
SHulardan ontachasi nisbatan kop qollaniladi, shuning uchun asosiy
zaruriy qismlar deb ham yuritiladi. Hujjatmuallifi hujjat turining nomi,
sarlavha, hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn,
tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd.