Tayanch iboralar:farmoyish, bildirgi,buyruq, asosiy faoliyat, tashkilot,
korxona, qonun, huquqiy hujjat, ariza, dalolatnoma, vasiyatnoma.
maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga etibor beradi: masalani
buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik togri kelishi; buyruq
loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq
kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Ko‘rsatma - idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek,
buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bogliq
tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga
birinchi rahbar, shuningdek, lozim bolsa, bosh muhandis, ularning
o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish
qogoziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos
(kirish) farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon
«maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar
qollaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYa ETAMAN» sozlari bilan
farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi
vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» sozi
qollaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga
o‘xshash boladi.
Farmoyish -muassasa mamuriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh
muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bolimlarning rahbarlari
tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda,
farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bolib, bolimlarning tor
doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli boladi.
Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi,
faqat uning asos (kirish) qismida ―BUYURAMAN‖ so‘zi o‘rniga ―TAVSIYA
QILAMAN‖, ―RUXSAT BERAMAN kabi iboralar ishlatiladi.
Topshiriq.1. Institut yoki boshqa idoradan buyruq nusxasini oling. Tuzilishiga etibor bering.2. Ozingiz mustaqil buyruq shaklini yozing.
Adabiyotlar: 1.Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N.. Ish yuritish. Amaliy qollanma. -T.:Ozbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2014.-456b.
2.Mahmudov N., Rafiyev A, Yoldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. (Darslik). -T.: Cholpon, 2013. Adilova S., Narimova G., Quvandiqova I., Mirazizov A., Yunusova Sh. Ozbek tili. (OTM rusiyzabon guruhlari uchun). -T.: TDPU, 2016, 105-108-betlar.
3.Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya).-T.,2020