Pedagogika instituti


Rasmiy taklifnoma namunasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə40/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

Rasmiy taklifnoma namunasi

TAKLIFNOMA
Muhtaram (a)
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot instituti va O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sizni ulug’ o’zbek adibi ABDULLA QODIRIY tavalludining 116 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12- yanvar ertalab soat 10.00 da Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining majlislar zalida boshlanadi (Akademik Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 9-uy, 2-qavat).

TELEGRAMMA
Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan
joylardagi muassasa, shuningdek, shaxslar orasida bo‘ladi. Telegrammaning
boshqa ish qog‘ozlaridan farqi uning o‘ziga xos ixchamligi va qisqaligidir.
Xizmat telegrammalari ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa jo‘natish
uchun aloqa bo‘limiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning o’zida
saqlash uchun qoldiriladi. Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qisqa va siqiq uslubda yoziladi. Xabarni bayon qilishda ixcham so‘zlarni tanlash,
qisqartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash
telegraf uslubining eng asosiy talablaridan biridir.

Telegrammaning zaruriy qismlari:
1.Hujjatning nomi (Telegramma).
2.Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro
telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar).
3.Telegramma yetib borishi zarur bo‘lgan joy adresi, uni oladigan
shaxsning ismi va familiyasi.
4.Matn.
5.Jo‘natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnini imzolagan
mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).
6.Xabar jo‘natuvchining adresi.
7. Matn kimning nomidan jo‘natilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxsning imzosi.
8.Muhr.
9.Sana.
Telegrammaning matni adresdan ajralib turishi kerak.
Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular
tuzilishiga ko‘ra xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi.
Telegrammaning har bir so‘zi uchun pul to‘lanadi, narxi uning turiga va so‘zlar
miqdoriga bog‘liq. Yuqori davlat hokimiyati organlariga telegramma
yo‘llanganda, faqat ularning nomi ko‘rsatilib, pochta manzillari
ko‘rsatilmaydi.
Telegramma namunasi


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin