Pedagogika instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə41/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

TELEGRAMMA
FARG’ONA 12 KATTABOG‘ 18
SALIMOVGA
YIGIRMA OLTINCHI DEKABRDA 123- REYS
BILAN UCHAMAN KUTIB OLING SAYYORA
700187 Toshkent 187 Sadaf ko‘chasi 4-uy

TELEFONOGRAMMA
Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali
yetkazishdir. Telefon vositasida bo‘ladigan bunday muloqat rasmiy hujjat
sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining bir turi hisoblanadi.
Xizmat muomalasining bu turi ko‘pincha bir shahar yoki tumanda
joylashgan muassasalar o‘rtasida qo‘llaniladi. Har qanday telefonogramma bir
nusxada tayyorlanib, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi,
odatda, tayyor matn asosida yetkaziladi.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni
qayta o‘qib eshittirishi kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni to‘g‘ri
qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini ko‘rsatish shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo‘yadi.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga
tegishli bo‘lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak.
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1.Adres.
2.Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi.
3. Telefonogramma yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi,
familiyasi, telefon raqamlari.
4.Qabul qilish vaqti.
5.Nomi.
6.Tartib raqami.
7.Sana.
8.Matn.
9.Imzo chekkan shaxs.
Telefonogramma namunasi

Hamza tumani hokimligi
Yetkazuvchi – yo‘riqchi direktoriga
Olimov. Tel.: 268-25-11. Qabul qiluvchi – kotiba Rahimova.
Tel.: 267-01-18. Soat. 16.00
TELEFONOGRAMMA
2015.29.05. Toshkent № 16
2015- yil 12- sentabr kuni soat 15.30 da Hamza tumani hokimligining majlislar
zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig’ilishda korxona rahbari va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart.
Hamza tumani hokimligi kotibi L.K.Soliyev



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin