TELEGRAMMA
FARGONA 12 KATTABOG 18
SALIMOVGA
YIGIRMA OLTINCHI DEKABRDA 123- REYS
BILAN UCHAMAN KUTIB OLING SAYYORA
700187 Toshkent 187 Sadaf kochasi 4-uy
TELEFONOGRAMMA
Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali
yetkazishdir. Telefon vositasida boladigan bunday muloqat rasmiy hujjat
sifatida qabul qilinadi va ish qogozining bir turi hisoblanadi.
Xizmat muomalasining bu turi kopincha bir shahar yoki tumanda
joylashgan muassasalar o‘rtasida qollaniladi. Har qanday telefonogramma bir
nusxada tayyorlanib, rahbar yoki masul shaxs tomonidan imzolanadi,
odatda, tayyor matn asosida yetkaziladi.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yetkazuvchiga yozib olingan matnni
qayta oqib eshittirishi kerak. Har ikki tomon telefonogramma matni togri
qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va sanasini, shuningdek yetkazuvchining lavozimi, ismi va familiyasini korsatish shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchining ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi va vaqtini yozib qo‘yadi.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar kimga
tegishli bolsa, uni telefonogramma mazmuni bilan tanishtirishi kerak.
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1.Adres.
2.Hujjatni yollovchi muassasaning nomi.
3. Telefonogramma yetkazuvchi va qabul qiluvchining lavozimi, ismi,
familiyasi, telefon raqamlari.
4.Qabul qilish vaqti.
5.Nomi.
6.Tartib raqami.
7.Sana.
8.Matn.
9.Imzo chekkan shaxs.
Telefonogramma namunasi
Hamza tumani hokimligi
Yetkazuvchi yo‘riqchi direktoriga
Olimov. Tel.: 268-25-11. Qabul qiluvchi kotiba Rahimova.
Tel.: 267-01-18. Soat. 16.00
TELEFONOGRAMMA
2015.29.05. Toshkent № 16
2015- yil 12- sentabr kuni soat 15.30 da Hamza tumani hokimligining majlislar
zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig’ilishda korxona rahbari va kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart.
Hamza tumani hokimligi kotibi L.K.Soliyev