Pedagogika instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə39/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

Adres yozish namunasi

Qayerga Toshkent shahri, 47
Talab qilib olinadi
Kimga Olim Haydarovich
Qosimovga
Aloqa bo‘limi shartli raqami va jo‘natuvchi adresi
717313 Namangan viloyati, Chortoq
tumani Oxunboboyev qishloq
fuqarolar yig‘ini Valiyev
ko‘chasi, 13-uy O.Dadaboyev
700047
(qabul qiluvchi
aloqa bo‘limi
shartli raqami)

Jo’natuvchi ba’zan xat-xabarni aniq adressiz, talab qilib
olinadigan tarzda yuborishi mumkin
. Bu xilda xat jo’natish usuli oluvchi
biron-bir aholi yashaydigan manzilda muqim yashamasa, ma’lum ish bilan
vaqtincha turgan bo‘lsa yoki ushbu xat-xabarni boshqalarga oshkor qilmaslik
xohishi bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Bunda muayyan shaharning yoki aholi
yashaydigan manzilning nomi yozilib, aloqa bo‘limi raqami ko‘rsatiladi va
oluvchining ismi, otasining ismi, familiyasi to’liq yoziladi. Shahar nomi
ko‘rsatilgandan keyin «Talab qilib olinadi» deb, agar xat respublikadan
tashqariga jo‘natilsa – «Do vostrebovaniya» deb yoziladi.Hujjat (xat yoki
boshqa buyumlar) oluvchilarning pochta adresi, yuqorida ko‘rib o‘tilgandek,
pochta jo‘natmalari adresi kabi yoziladi.
TAKLIFNOMA
Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma
axborot.
Taklifnomaning zaruriy qismlari:
1.Nomi(Taklifnoma).
2.Matni:
a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi
yoki ismi va otasining ismi ;
b)taklif qiluvchi muassasaning nomi ;
v)qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
3.Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti.
4.O‘tkazilish joyi.
5.Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi),
Tadbir bir necha tashkilotlar tomonidan uyushtirilsa, taklif
qiluvchilar nomi matnda alohida-alohida ko‘rsatiladi, lekin taklifnoma
so‘ngida imzo o‘rnida tadbirni tashkil etuvchilarni ko’rsatish shart
emas.Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi
mumkin. Taklifnomalar kompyuterda, yozuv mashinkasida yoki bosmaxonada ko‘p nusxada tayyorlanadi.Taklif qilinuvchining ismi-familiyasi taklifnoma turiga qarab qo‘yiladi.Rasmiy taklifnomalarda ismi va otasining ismi, familiyaning o‘zi
(«Nozima Murodova»), to‘y taklifnomalarida taklif qilinuvchiga yaqinlik
munosabatidan kelib chiqib, ismining o‘zi («Rahimjon aka», «Saidburxon aka»)
yoki unga hurmatlovchi so‘zlar, unvonlar qo‘shib («Domla Azizxon aka»,
«Professor Rustamjon aka») yozilishi mumkin.Taklifnomalar qanday tadbirga
mo‘ljallanganligiga ko‘ra shakli va badiiy bezatilishi jihatidan turlicha
tayyorlanadi.Taklifnomalar matni asosan 3-shaxs tilidan yoziladi va
«….taklif qiladi» yoki «…. Taklif etadilar» tarzida tugallanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin