Pedagogika instituti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə37/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

Tayanch iboralar:farmoyish, bildirgi,buyruq, asosiy faoliyat, tashkilot,
korxona, qonun, huquqiy hujjat, ariza, dalolatnoma, vasiyatnoma.
maslahatchisi buyruqni ko‘rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani
buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq
loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq
kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi. Korsatma - idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek,
buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq
tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga
birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning
o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish
qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos
(kirish) farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos (kirish) qismida, falon
«maqsadda», falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar
qo‘llaniladi va «YUKLAYMAN», «TAVSIYa ETAMAN» so‘zlari bilan
farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi
vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, «TAVSIYA ETAMAN» so‘zi
qo‘llaniladi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga
o‘xshash bo‘ladi.
Farmoyish -muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh
muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari
tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda,
farmoyishlarning amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor
doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi,
faqat uning asos (kirish) qismida ―BUYURAMAN‖ so‘zi o‘rniga ―TAVSIYA
QILAMAN‖, ―RUXSAT BERAMAN kabi iboralar ishlatiladi.
Topshiriq.1. Institut yoki boshqa idoradan buyruq nusxasini oling. Tuzilishiga e’tibor bering.2. O‘zingiz mustaqil buyruq shaklini yozing.
Adabiyotlar:
1.Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N.. Ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. -T.:O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2014.-456b.
2.Mahmudov N., Rafiyev A, Yo’ldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. (Darslik). -T.: Cho’lpon, 2013. Adilova S., Narimova G., Quvandiqova I., Mirazizov A., Yunusova Sh. O‘zbek tili. (OTM rusiyzabon guruhlari uchun). -T.: TDPU, 2016, 105-108-betlar.
3.Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya).-T.,2020

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin