TAKLIFNOMA
Muhtaram (a)
Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va
adabiyot instituti va Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sizni ulug ozbek adibi ABDULLA QODIRIY tavalludining 116 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12- yanvar ertalab soat 10.00 da Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining majlislar zalida boshlanadi (Akademik Ibrohim Mo‘minov kochasi, 9-uy, 2-qavat).
TELEGRAMMA
Telegraf yozishmalari faqat turli shahar yoki aholi yashaydigan
joylardagi muassasa, shuningdek, shaxslar orasida boladi. Telegrammaning
boshqa ish qogozlaridan farqi uning oziga xos ixchamligi va qisqaligidir.
Xizmat telegrammalari ikki nusxada tayyorlanadi. Birinchi nusxa jo‘natish
uchun aloqa bolimiga topshiriladi, ikkinchi nusxa esa korxonaning ozida
saqlash uchun qoldiriladi. Telegramma matni «telegraf uslubi» deb yuritiluvchi qisqa va siqiq uslubda yoziladi. Xabarni bayon qilishda ixcham sozlarni tanlash,
qisqartmalardan unumli foydalanish lozim. Til birliklarini tejash
telegraf uslubining eng asosiy talablaridan biridir.
Telegrammaning zaruriy qismlari:
1.Hujjatning nomi (Telegramma).
2.Turi haqidagi belgi (hukumat telegrammalari, xalqaro
telegrammalar, shoshilinch va oddiy telegrammalar).
3.Telegramma yetib borishi zarur bolgan joy adresi, uni oladigan
shaxsning ismi va familiyasi.
4.Matn.
5.Jonatuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnini imzolagan
mansabdor shaxsning familiyasi (imzo emas).
6.Xabar jonatuvchining adresi.
7. Matn kimning nomidan jo‘natilayotgan bolsa, o‘sha shaxsning imzosi.
8.Muhr.
9.Sana.
Telegrammaning matni adresdan ajralib turishi kerak.
Telegrammalardan shaxsiy maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ular
tuzilishiga kora xizmat telegrammalaridan keskin farq qilmaydi.
Telegrammaning har bir sozi uchun pul tolanadi, narxi uning turiga va sozlar
miqdoriga bogliq. Yuqori davlat hokimiyati organlariga telegramma
yo‘llanganda, faqat ularning nomi ko‘rsatilib, pochta manzillari
ko‘rsatilmaydi.
Telegramma namunasi