Xizmat xatlari imkoni boricha qisqa bolishi, biroq bu qisqalik
uning aniq va ravshanligiga tasir etmasligi kerak. Qoidaga kora, xizmat
xatlari bir betdan oshmasligi lozim. Faqat juda muhim masalalar yozilgan,
birmuncha mufassal bayon talab qiluvchi xatlargina istisno tariqasida uch
betgacha bolishi mumkin. Rasmiy xatlarni tuzuvchi shaxs malum malakaga ega
bolishi kerak. Rasmiy xatlarni togri va tez tuzish, avvalo, ozbek tilining
o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, zamonaviy rasmiy uslubni va unga
qo‘yiladigan talablarni bilishni taqozo etadi. Ushbu talablarni bajarmaslik,
birinchidan, xatlar bilan ishlashni qiyinlashtiradi, ikkinchidan, ularning
huqiqiy va amaliy ahamiyatini yoqotadi.Rasmiy xatlar matnida ikki xil
mazmunda tushuniladigan jumlalar bolmasligi uchun kochma manodagi soz va iboralarni qollashda ehtiyotkorlik, sinchkovlik talab etiladi.Rasmiy xatlar
tilida aniqlik va qisqalik asosiy mezon hisoblanadi. Bunday xatlar tili va uslubi qonunlar tiliga qoyiladigan talablar darajasida bolishi zarur.
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Birinchi nusxa
jonatilib, ikkinchi nusxa muassasaning ozida saqlanadi. Agar xat ikki va
undan ortiq joyga yollansa, xat jonatilayotgan asosiy muassasa yoki rahbar
xodimning nomidan song boshqalari beriladi. Birgina hujjatda uni
oluvchilarning nomi torttadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari, odatda,
muassasa nomiga yuboriladi. Faqat masalaning hal qilinishi bevosita
rahbarga bogliq bolsa, xat rahbar nomiga jonatilishi mumkin.
Xizmat xatlarining oziga xos xususiyatlaridan biri, ularning nomi
(kafolat xati, ilova xat, taklif xat, so‘rov va boshqalar) yozilmaydi. Ularning qanday xat ekanligi matn mazmunidan bilinib turadi.
Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik
yozishmalarning quyidagi turlari faol qollanmoqda:
1.Nota va bayonotlar.
2.Rasmiy xatlar.
3.Ilova xatlar.
4.Yarim rasmiy shaxsiy xatlar (nomalar).
5.Esdalik yozishmalari.
6.Diplomatik protokol (qaydnoma)lar.
7. Memorandumlar
Nota davlatlararo yozishmalarning eng asosiy va keng tarqalgan turi
bolib, biror muhim masala yuzasidan axborot beruvchi oliy darajadagi
hujjatdir. Unga bevosita davlat boshliqlari, prezidentlar, vazirlar,
elchilar va boshqa yuqori mansabdor shaxslar orasidagi yozishmalar kiradi.
Shuningdek, nota biror-bir shaxsga bevosita murojaatsiz, kopincha
davlatlarning davlatlarga, vazirlikning vazirlikka yoki elchixonaga yo nota llagan
axboroti sifatida ham yoziladi. Jahon hamjamiyatida notalarning ikki xil
turi keng qollanilmoqda: shaxsiy nota va verbal nota.
Topshiriq.Dostingizga xat yozing. Unda xatning tarkibiy qismlari togri berilishiga etibor bering.