Pedagogika instituti


-mavzu.Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə33/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

12-mavzu.Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tashkiliy hujjatlar.
Reja:
1.Rasmiy-idoraviy hujjat turlari.
2. Tashkiliy hujjatlar, ularning zaruriy qismlari.
Ish olib borish jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq
ravishda rasmiy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlari ham xilma-xil va
miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va
boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Hujjatlar tiliga bo‘lgan
umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga
qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi.Bu
xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib,
mukammal hujjatlarni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shunga
ko‘ra, hujjatlar tasnifi masalasi alohida murakkablik kasb etadi.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif
qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa-da,
har qalay, ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin.
Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra,
yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar,
shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi
hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va
ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar,
tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan
ifodalanishini ta’minlaydi.
Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinganda ichki va tashqi
hujjatlarga
bo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra sodda hujjatlar – muayyan bir
masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq
masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy,
namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi,
betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning
asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud
bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin