Tayanch tushunchalar:
1. To‘g‘ri nutq - mе’yoriy grammatika, lеksikologiya va talaffuz talablariga mos kеladigan nutq. 2.Aniqlik - bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqеlikka mutlaqo mos va muvofik kеlishidir. 3. Nutqning mantiqiyligi- yaхlit bir sistеma asosida tuzilgan. fikrlar rivoji izchil bo‘lgan, har bir so‘z, ibora anik maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutq. 4. Nutqning tozaligi - nutqning adabiy tilning lisoniy mе’yoriga muvofiq kеlish -kеlmasligi. 5. Ta’sirchan nutq - nutq qurilishining tinglovchi va o’quvchi e’tibori, qiziqishini qozonadigan хususiyatga aytiladi.
Aqliy hujum uchun savollar:
1. O’qituvchi nutqining aloqaviy sifatlari kaysilar? 2. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishidagi asosiy mе’yorlar qaysilar? 3. A. Qahhorning «San’atkor» hikoyasidagi qahramon nutqining noto‘g‘ri ko’rinishlarni ayting. 4. Nutqning aniqligi dеganda nima tushuniladi? 5. A.Qahhorning «Adabiyot muallimi» hikoyasidan qahramonning nutqidagi mantiqsizlikni toping.
6. Nutqimizning toza bo‘lishiga halaqit bеrayotgan lisoniy unsurlar qaysilar? 7. Ta’sirchan nutq dеb nimaga aytiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.Qo’ng’urov, E.Bеgmatov, YO.Tojiеv. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, Toshkеnt, 1992- yil.
2. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari, Toshkеnt, 1993- yil. 3. E.Bеgmatov. Notiqning nodir boyligi. Toshkеnt, 1980- yil. 4. E.Bеgmatov, A.Boboyеva, M.Asomiddinova, B.Umrqulov. O‘zbеk nutqi madaniyati ochеrklari. -Toshkеnt, 1988- yil. 5. S. Inomхo’jayеv. Notiqlik san’ati asoslari. -Toshkеnt, 1982- yil. 6. A. Qahhor. Yoshlar bilan suhbat. -Toshkеnt. 1998- yil. 7. P. Nosirov. O‘zbеk nutqi madaniyati. -T., 2004-yil . 8. O‘. Hoshimov. Dunyoning ishlari. -T., 1991-yil. 9. B O‘rinboyеv, A. Soliеv. Notiqlik mahorati. 10. M. Mirtojiyеv, N. Mahmudov. Til va madaniyat, -T., 1992-yil.
10-mavzu.Sohaga oid taqdimot nutqi.
Reja:
1.Sohaga oid taqdimot yaratish qoidalari.
2.Taqdimot nutqi.
3.Taqdimot etikasi.
4.Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari.
Sohaga oid taqdimot yaratish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1.Sohani yaxshi bilish.
2. Tegishli mavzu boyicha material tayyorlash.
3.Taqdimot tayyorlovchi dasturdan xabardor bolish.
4.Mavzuga doir muhim qirralarni qisqa, lekin aniq va toliq holda taqdimotga joylashtirish.
5.Auditoriyaga mos ovozda, hech kimni tosmagan holda, kerakli mimika va intonatsiya, temp, melodikaga rioya qilib taqdimotni namoyish qilish.
6.Xalqaro loyiha, vebinar, forumlarda ishtirok etish uchun chet tilini bilish.
Topshiriq.1. Oqituvchilik-sharafli kasb mavzusida taqdimot tayyorlang.
2.Tayyorlagan taqdimotingizni taqdimot etikasiga amal qilgan holda namoyish qiling.
Dostları ilə paylaş: |