Pedagogika instituti


Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va eslab qoling



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə27/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

11. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing va eslab qoling.
Ertalab soat 6dan 7gacha insonning davomli xotirasi yaxshi
ishlaydi, olingan barcha axborotlar ushbu vaqt oralig‘ida oson
o‘zlashtiriladi.
Soat 8dan 9gacha mantiqiy fikrlash kuchayadi, bu bir yo‘la eslab
qolish va tahlil qilish bilan bog‘liq har qanday faoliyat uchun eng qulay
vaqt.
9dan 10gacha – axborot va statistika bilan ishlash uchun eng
maqbul payt.
11dan 12gacha aqliy funksiyalarning samaradorligi pasayadi, bu
vaqtda biror nimaga, masalan, musiqaga chalg‘ish oson.
11dan 14gacha tushlik uchun eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Bu
soatlarda ovqat hazm qilish eng yuqori nuqtasiga chiqadi. Yeyilgan taom
tez va yaxshi hazm bo‘ladi.
12dan 18gacha – faol mehnat vaqti. Undan keyingi mehnat miyani
zo‘riqtiradi. Buning birinchi belgisi – uyqusizlik.
Soat 21dan 23gacha miya va asab tizimini dam oldirish uchun eng
yaxshi vaqtdir.
Soat 23dan tungi soat 1gacha, uyquda nozik energiya, asab va
mushaklar kuchi tez tiklanadi. Yana ayni shu vaqtda serotonin – “baxt
gormoni” ishlab chiqiladi. Bu paytda uxlamasa, osongina depressiyaga
tushib qolish mumkin.
Tungi soat 1dan 3gacha, uyquda insonning emotsional quvvati
tiklanadi.
12. Dunyoda yaratilgan so‘nggi innovatsiyalar haqida elektron
taqdimot tayyorlang.

10. Ilmiy darajalar haqidagi ma’lumotlarni bilib oling.
Bakalavr – dastlabki ilmiy daraja. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa
universitetlarida ta’limning birinchi bosqichini tugallagan talabalarga
berilgan. O‘zbekistonda 1997-yilda joriy etilgan. Oliy ta’lim
muassasasining bakalavriatini tugatganlarga bakalavr darajasi beriladi.
Bakalavr diplomi kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini
beradi.
Magistr – tayanch oily ta’lim kursidan so‘ng qo‘shimcha dastur
bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va magistrlik dissertatsiyasini
himoya qilgan shaxslarga beriladigan ilmiy daraja. O‘zbekistonda 1997-
yilda joriy etilgan. Magistraturani tugatgan shaxslarga Davlat malaka
attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra beriladi. Magistr diplomi kasb-hunar va
ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
Falsafa doktori – barcha ilm sohalarida beriladigan ilmiy daraja.
Ilk bor XII–XIII asrlarda Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiyada joriy
etilgan. Termindagi “falsafa” so‘zi o‘rta asrlarda faoliyat ko‘rsatgan
universitetlarning ko‘p tarmoqli falsafa fakultetlari nomidan olingan.
O‘zbekistonda sohalar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi
2017-yilda joriy qilingan. Ushbu ilmiy daraja turli sohalar bo‘yicha
falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan izlanuvchilarga beriladi.
Fan doktori – yuqori ilmiy daraja. Dastlab Bolonya universitetida
joriy etilgan. O‘zbekistonda 1934-yildan buyon mavjud. Hozir fan
doktori ilmiy darajasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida beriladi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda
fan doktori ilmiy darajasini magistrlik darajasiga ega boʻlgan va
doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslar olishi mumkin.
Oʻzbekistonda fan doktori ilmiy darajasi oliy ta’lim muassasasi
yoki ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi ilmiy kengash taklifiga binoan,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy
attestatsiya komissiyasi rayosati qaroriga muvofiq falsafa doktori ilmiy
darajasiga ega boʻlgan, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan
shaxslarga beriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin