Международный
научный
журнал
№
3
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Октябрь
, 2022
662
O’SMIRLIK DAVRIDA YOLG’IZLIK HISSI
Abduvalieva Nilufar Ne’matulla qizi
JDPU, magistr
Annotatsiya
:
Ushbu maqola o'smirlardagi yolg'izlik muammosiga bag'ishlangan.
Muallif ushbu hodisaning sabablariga e'tibor qaratadi. Bundan tashqari, depressiyaga olib
keladigan bir qator omillar mavjud.
Kalit so'zlar:
yolg'izlik, depressiya, o'smirlik, shaxsiyat, ziddiyat.
XXI-asrning dolzarb muammolaridan biri ayrim insonlarning yol
g’izlikka
moyilligidir.
Shaharlar va aholi sonining ko'payishi munosabati bilan inson o'zining jamiyat bilan birligini
kamroq his qiladi va foydasizlik va begonalashish tuyg'usini boshdan kechiradi.
Bir necha
o’n yil
liklar davomida insonparvarlik nuqtai
–
nazaridan
bizning jamiyatimizda yolg’izlikning
bo’lishi mumkin emas degan fikr mavjud edi. Ammo bu fikr reallikdan yiroqdir. So’nggi
paytlarda olimlar tomonidan keksa yoshdagilar yolg’izligi muammosi bilan bir qatord
a
o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi yolg’izlik masalasiga ham e'tibor qaratila boshlandi Yolg’izlik
muammosi insoniyatning eng jiddiy muammolaridan biri bo’lib,
bunda inson u yoki bu
sabablarga ko’ra na do’stlik, na muhabbat, na dushmanlik munosabatlarini o’rnata oladi.
Inson o’z munosabatlarining to’laqon
li va ahamiyatli emasligini his qilganida muloqot
ehtiyojlari qondirilmaganda yanada o’zini yolg’izroq his qila boshlaydi. Yolg’izlik
nazariyalarini falsafiy va psixologik tahlil qilish natijasida uning ob'yektiv va sub'yektiv,
ijobiy va salbiy jihatlarini farqlash mumkin.
Yolg’izlikning ob'yektiv tomoni ijtimoiy munosabat va faktlar bilan bog’liq. Sub'yektiv
tomoni esa shaxsning xususiyatlari bilan bog’liq holda namoyon bo’lishidir. Yolg’izlikning
ijobiy (pozitiv) jihati uning shaxs ijtimoiylashuvi va individualligi shakllanishining ajralmas
qismi ekanligidadir. Yolg’izlikning ijobiy imkoniyati: o’zini
-
o’zi bilish, o’zini
-
o’zi boshqarish,
ijod qilish, o’zini
-
o’zi
takomillashtirish, psixofizik holatlarini bar
qarorlashtirish,
tashqi
ta'sirlardan o’z “Men”ini muhofaza qilish kabi vazifalarda namoyon bo’ladi.
Yolg’izlikning salbiy (negativ) tabiati
-
u o’ziga barcha psixik jarayonlarni bo’ysundiradi,
shaxsning ichki yaxlitligini buzadi, psixologik himoya mexanizmi
sifatida namoyon bo’ladi.
Atrofdagilardan ko’p na
rsani kutishga, shaxs sifatida hakllanishidagi
boshqalarning rolini
oshirib baholashiga olib keladi.
Yolg’izlikning negativ va pozitiv jihatlari o’rtasidagi dialektik munosabatni
e'tiborga olgan holda ta'ki
dlash joizki, muayyan sharoitlarda (yolg’izlikni
anglaganda,
unga munosabatning faol uslubi shakllanganda, qiyinchiliklar bilan kurashish tajribasi tarkib
topganda, yolg’izlik motivatsiyalanganda)
negativ
yolg’izlik pozitiv ahamiyat kasb etishi
ham mumkin.
O’smirlikdagi
yolg'izlikning sabablarini bolalik davrida paydo bo'ladigan,
bola bir
vaqtning o'zida sevilish quvonchini his qiladigan va ayni paytda o'zining kichik va zaif