11-mavzu. Rasmiy uslubga xos xususiyatlar. Reja:
1.Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari.
2.Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy uslubning rivojlanishi.
3.Rasmiy-idoraviy ish uslubida roy bergan leksik, morfologik, sintaktik ozgarishlar.
Rasmiy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va
davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat
qiluvchi nutq uslubidir. Mazkur uslub hujjatchilik xarakteri bilan boshqa
uslublardan ajralib turadi. Rasmiy yozishma va hujjatlar iqtisodiy, yuridik
va diplomatik munosabatlarda, mamuriy - davlat idoralarida ishlatiladi.
Shunga kora rasmiy uslubda yuridik qonunlar, diplomatik yozishmalar,
farmonlar, qarorlar, korsatmalar, buyruqlar, shartnomalar, rasmiy elon va
xabarlar, yozishmalar va shu kabi hujjatlar yoziladi. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qogozlari, hujjatlar xilma xil va miqdoran juda kop. Hozirgi kunda tilshunoslikda quyidagi uslub turlari organilmoqda: a) sozlashuv uslubi; b) rasmiy ish qogozlari uslubi; v) ilmiy uslub; g) publitsistik uslub; d) badiiy uslub. Rasmiy ish qogozlari uslubi
hozirgi ozbek adabiy tilining mamuriy va yuridik ishlarida amal qiladigan
bir korinishidir. Fikrning sodda, aniq, qisqa ifoda etilishi rasmiy ish
qogozlari uslubining asosiy talabidir. Rasmiy ish qogozlari uslubi
vazifaviy uslublar doirasidagi boshqa uslublardan lugaviy va grammatik
xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy ish qogozlari uslubi
leksikasining yana bir xususiyati unda yuridik, diplomatik, mamuriy va
boshqa professional atamalarning mavjudligidir.
Rasmiy yozishma va hujjatlar tilining qollanish doirasi keng va xilma-xil bolganligidan, uning tarkibi ham turlichadir. Fikrning sodda, qisqa,
aniq ifoda etilishi rasmiy ish qogozlari uslubining asosiy talabidir.
Ular oziga xos leksik va grammatik xususiyatlarga ega:
-professional terminlar (guvohnoma, dalolatnoma, bayonot, elchixona,
ishonchli vakil, qidiruv);
-turg‘un iboralar (imzo chekuvchilar, yuqorida korsatilganlar);
-tilga olinayotgan kishilar oz nomi bilan atalmasdan, buning orniga
ularning belgisi yoki biror harakati, biror narsaga munosabatini ifodalovchi
otlar qollanadi (guvoh, davogar, ijrochi);
-noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun otlar olmoshlar bilan
almashtirilmaydi;
-felning majhul darajadagi, shart, buyruq-istak va harakat nomi
shakllari koproq qollanadi (bajariladi, belgilansin, chora korish);
-uyushiq bolakli sodda gaplar kop qollaniladi;
-shart ergash gapli qoshma gaplardan keng foydalaniladi.