Pedagogika instituti


-mavzu.Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə38/59
tarix17.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#99319
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
O’zbekiston respublirasi oliy va (2)

14-mavzu.Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari.
Reja:
1. Ma’lumot-axborot hujjatlarining turlari.
2. Ma’lumot-axborot hujjatlarini yuritish tartibi va qo‘llash xususiyatlari.
Ma’lumot-axborot hujjatlari ancha katta guruhni tashkil qiladi, ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma,
bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma,
tavsiyanoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot
kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Topshiriq. 1.O‘z tarjimayi holingizni yozing. 2.Olti guruhga bo‘linib, ma’lumot-axborot hujjatlarining ikkitadan turini yozing. Keyin bir-biringiz bilan almashib, yozgan hujjatlaringizni tekshiring.

15-mavzu.Sohaviy xizmat yozishmalari.
Reja:
1.Xizmat yozishmalarining turlari.
2. Xizmat yozishmalarini sohalarda qo‘llash xususiyatlari.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa
faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat
kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda, xizmat yozishmalari hujjatlarning
yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. SHularni hisobga
olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur
guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan
o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman, ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi-rekvizitidir.
Adres. Pochta jo‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo‘natmalari
kabilar) ustidagi yozuv bo‘lib, unda jo‘natma yetib borish zarur bo‘lgan joy
(qaerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo’natuvchi haqidagi
ma’lumotlar (jo‘natuvchi adresi) ko‘rsatiladi. Kishi adres yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jo‘natmalari kelganda, ular ustidagi yozuvga ko‘zi tushadi, o’quvchilik yillarida esa do‘stlari yoki qarindosh-urug‘lari bilan xat yozishadi ,ulardan turli xil jo‘natmalar oladi va o‘zi yuboradi. Ana shunda adres yozishni, ya’ni xatjild (konvert) yoki boshqa jo‘natmalar ustiga ular yetib boradigan joyning va oluvchining nomini, shuningdek, o‘zi haqidagi ayni shunday ma’lumotlarni yozishni o’rganadi. Buning ustiga, xatjildlar ustidagi yo‘naltiruvchi yozuv va belgilar ham adres yozuvchining ishini yengillashtiradi.
Adres so‘zi rus tilida faqat jo‘natmalar ustidagi yozuvnigina ifodalab
qolmay, shaxsning yashash joyi hamda muassasaning o’rnashgan joyini,
shuningdek biron shaxsni tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. Shuning
uchun o‘zbek tilida bu ma’nolarni farqlash uchun adres so‘zi bilan bir qatorda
tegishli ravishda manzil, turar joy, makon, tabriknoma so‘zlarini qo‘llash
maqsadga muvofiq. Pochta adresi, aloqa vazirligi yo‘riqnomasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: viloyat, respublika ahamiyatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jo‘natmalarida shartli raqam yozilgandan so‘ng, avvalo, shahar nomi, keyin xat-xabarni yetkazib beruvchi aloqa bo‘limi (raqami yoki nomi) ko‘rsatiladi.Bulardan keyin ko’cha nomi, uy va xonadon raqami va nihoyat, oluvchining ismi, ota ismi va familiyasi yoziladi.Xatjildning quyi qismida esa jo‘natuvchining adresi bosh kelishikda rasmiylashtiriladi.
Respublika, viloyat ahamiyatida bo‘lmagan yoki markaz hisoblanmagan
shaharlar hamda qishloq joylariga yuboriladigan pochta jo‘natmalariga avval
viloyat yoki aholi yashaydigan manzillar, aloqa bo‘limi raqami yoziladi. Keyin
ko‘cha nomi, uy va xonadon raqamlari, oluvchi shaxs yoki muassasaning nomi
ko‘rsatiladi.Ko‘pincha qishloq joylardagi ko’cha nomlarini eslash qiyin
bo‘ladi.Bunday paytlarda muassasaning nomini ko‘rsatish adresni aniqlashda
yordam beradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin