Qayerga Toshkent shahri, 47
Talab qilib olinadi
Kimga Olim Haydarovich
Qosimovga
Aloqa bolimi shartli raqami va jo‘natuvchi adresi
717313 Namangan viloyati, Chortoq
tumani Oxunboboyev qishloq
fuqarolar yig‘ini Valiyev
ko‘chasi, 13-uy O.Dadaboyev
700047
(qabul qiluvchi
aloqa bolimi
shartli raqami)
Jonatuvchi bazan xat-xabarni aniq adressiz, talab qilib
olinadigan tarzda yuborishi mumkin. Bu xilda xat jonatish usuli oluvchi
biron-bir aholi yashaydigan manzilda muqim yashamasa, malum ish bilan
vaqtincha turgan bolsa yoki ushbu xat-xabarni boshqalarga oshkor qilmaslik
xohishi bolgan hollarda qollanadi. Bunda muayyan shaharning yoki aholi
yashaydigan manzilning nomi yozilib, aloqa bolimi raqami korsatiladi va
oluvchining ismi, otasining ismi, familiyasi toliq yoziladi. Shahar nomi
ko‘rsatilgandan keyin «Talab qilib olinadi» deb, agar xat respublikadan
tashqariga jo‘natilsa «Do vostrebovaniya» deb yoziladi.Hujjat (xat yoki
boshqa buyumlar) oluvchilarning pochta adresi, yuqorida ko‘rib o‘tilgandek,
pochta jonatmalari adresi kabi yoziladi.
TAKLIFNOMA
Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qollaniladigan yozma
axborot.
Taklifnomaning zaruriy qismlari:
1.Nomi(Taklifnoma).
2.Matni:
a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi
yoki ismi va otasining ismi ;
b)taklif qiluvchi muassasaning nomi ;
v)qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
3.Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti.
4.O‘tkazilish joyi.
5.Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi),
Tadbir bir necha tashkilotlar tomonidan uyushtirilsa, taklif
qiluvchilar nomi matnda alohida-alohida korsatiladi, lekin taklifnoma
so‘ngida imzo o‘rnida tadbirni tashkil etuvchilarni korsatish shart
emas.Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi
mumkin. Taklifnomalar kompyuterda, yozuv mashinkasida yoki bosmaxonada kop nusxada tayyorlanadi.Taklif qilinuvchining ismi-familiyasi taklifnoma turiga qarab qoyiladi.Rasmiy taklifnomalarda ismi va otasining ismi, familiyaning o‘zi
(«Nozima Murodova»), toy taklifnomalarida taklif qilinuvchiga yaqinlik
munosabatidan kelib chiqib, ismining ozi («Rahimjon aka», «Saidburxon aka»)
yoki unga hurmatlovchi sozlar, unvonlar qoshib («Domla Azizxon aka»,
«Professor Rustamjon aka») yozilishi mumkin.Taklifnomalar qanday tadbirga
moljallanganligiga kora shakli va badiiy bezatilishi jihatidan turlicha
tayyorlanadi.Taklifnomalar matni asosan 3-shaxs tilidan yoziladi va
« .taklif qiladi» yoki « . Taklif etadilar» tarzida tugallanadi.