Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari
bilan bogliq, bir-biriga o‘xshash va kop takrorlanadigan masalalar yuzasidan
tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan
tayyorlangan bosma ish qogozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli
axborot aks etadi, yani o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan)
va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida bosma va qolda yoziladigan) axborotlar;
shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha ―yozmoq emas, balki
to‘ldirmoq so‘zi ishlatiladi.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va
shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlaritayyorlanishiga kora
muassasa yoki mansabdar shaxslarga tegishli bolsa, shaxsiy hujjatlar yakka
shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki
jamoat ishlarini bajarish bilan bogliq masalalarga tegishli boladi (shaxsiy
ariza, shikoyat va h.k.). Mamuriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeyiga
kora hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy hujjatlar;
farmoyish hujjatlari; malumot-axborot hujjatlari; xizmat
yozishmalari.Mamuriy va huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bolinadi:
1.Namunali hujjatlar. Boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari
bilan bogliq, bir biriga oxshash va kop takrorlanadigan masalalar yuzasidan
tuzilgan matnlarni oz ichiga oladi.
2. Qolipli hujjatlar.Odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish
qogozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, yani
ozgaruvchan va ozgarmas axborot beriladi.
3. Xizmat hujjatlari - tayyorlanishiga kora muassasa yoki mansabdor
shaxslarga tegishli bolsa, shaxsiy hujjatlar - yakka shaxslar tomonidan
yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini
bajarish bilan bogliq masalalarga tegishli boladi.