Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari
bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan
tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan
tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli
axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan)
va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida bosma va qo‘lda yoziladigan) axborotlar;
shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha ―yozmoq emas, balki
to‘ldirmoq so‘zi ishlatiladi.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va
shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlaritayyorlanishiga ko‘ra
muassasa yoki mansabdar shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka
shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki
jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy
ariza, shikoyat va h.k.). Ma’muriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeyiga
ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy hujjatlar;
farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat
yozishmalari.Ma’muriy va huquqiy hujjatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Namunali hujjatlar. Boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari
bilan bog‘liq, bir – biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan
tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi.
2. Qolipli hujjatlar.Odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish
qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas axborot beriladi.
3. Xizmat hujjatlari - tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor
shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar - yakka shaxslar tomonidan
yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini
bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi.