Pedagogika instituti


Quyidagi so‘zlarni lotin alifbosi imlosiga muvofiq yozing. Ular ishtirokida gaplar tuzing



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə8/58
tarix07.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#78698
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
O’zbekiston respublirasi oliy va

Quyidagi so‘zlarni lotin alifbosi imlosiga muvofiq yozing.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Жалюзи, жюри, шина, парашют, шуруп, бюджет, октябрь,
январь, журнал, валюта, резолюция, алюминий, елкан, экспедиция,
юмшоқ, респондент, қия, конституция, милиция, бордюр, велюр,
туяқуш.
Mashq. Nuqtalar o‘rniga mos harflarni qo‘ying. Hikmatlarga
hayotdan misollar keltiring.
1. Kimki samimi... va pokdil bo‘lsa, uning ishlari o‘ngidan
kelav...radi.
2. Odamlarga qanchalik ...xshilik qilsang, ...l seni shunchalik
...zozlaydi.
3. Qa...siki narsaga o‘z mehnating bilan ...rishsang, o‘sha narsa sen
uchun qadrlidir.
4. Kimning …ragida o‘t-olov bo‘lsa, o‘sha odamlarning ishlarida
tashabbus bo‘ladi.
5. Qa…rda ahillik bo‘lsa, o‘sha …rda …tuq bor.
6. Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, a…blari …shirin va do‘stlari ko‘p
bo‘ladi.
7. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o‘z
maqsadlariga oson …rishadi.
8. Nima…ki senga zarar keltirsa, o‘sha narsani boshqalarga ham
ravo ko‘rma.
9. Наг kim o‘z og‘zining qorovuli bo‘lsa, uning nafasi h…ch
qachon bo‘g‘ilma…di.
10. Kimning ichi nog‘ora singari bo‘sh bo‘lsa, uning b…huda
so‘zlari atrofdagilarning mi…sini …govlaydi.
Topshiriq.Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga tilning milliy
xususiyatlarini hisobga olgan holda kiritilgan qo‘shimcha harflarni
tavsiflang.
Mashq. So‘zlarni imlo qoidalariga muvofiq yozing.
Aval, isiq, aqil, zulum, fasil, tashabus, jaji, tanafus, milion,
minatdor, talafuz, muqadas, metal, gramatika, komisiya, gram, aparat,
elik, to‘qiz, sakiz, profesor, chaqon, fikir, ilim, jahil, sabir, bodiring,
lazat.
Mashq. O‘qing, аyrim so‘zlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni toping.
1. Chol salomimga alik olish o‘rniga, boshi aylangandek ko‘zlarini
yumub, ingradi-dа, gandiraklab ketdi. (S. Nazar.)
2. Ruxsat bergin mushkil damda olib ketay boshimni. (Shota
Rustaveli.)
3. Тo‘lun оyday yorug‘ sochar, shu payt uning jamoli. (Shota
Rustaveli.)
4. Тutqin qizning qayg‘usini chekar faqat bu Аsmat. (Shota
Rustaveli.)
5. Каmarbasta xizmatkorlar g‘oyat xushmuomila. (Shota
Rustaveli.)
6. Ikkinchi soatning so‘nggi minutlari o‘tayotganda, Saidiyning
ko‘zi charchab, turtuna boshladi. (Аbdulla Qahhor.)
Topshiriq. Maqollarni ohang bilan o‘qing. Tinish belgilarini to‘g‘ri
qo‘ying. Maqollarning ma’nosini tushuntirib bering.
Yer xazina suv oltin. Gap ko‘p umr oz. Til tesha dil andisha. Ko‘z
qo‘rqoq qo‘l botir. Rejasiz ish qolipsiz g‘isht. Teng tengi bilan tezak
qopi bilan. Bir ko‘rgan tanish ikki ko‘rgan bilish. Daraxt ildizi bilan
odam do‘stlari bilan. Ayron achchiq sut chuchuk. Loyqa boshdan og‘riq
oshdan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin