Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


O’qituvchining muomala odobi



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə124/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

O’qituvchining muomala odobi. Muomala odobi o’z tabiati, mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo’ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o’rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijtimoiy munosabatlarning har biri o’ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo’lgan axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o’rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi.
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o’z xulqi va faoliyatida axloqiy prinsiplar, qoidalar, talablar, an’analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab baholanadi.


O’tkazish tartibi.
«Umuminsoniy madaniyat» va «o’qituvchi madaniyati» tushunchalari o’rtasidagi farq va bog’liqliklarni aniqlash. Venn diagrammasidan foydalangan holda o’tkaziladi.
1-bosqich: Buning uchun talabalar 2 guruhga ajratiladi. 1-guruh talabalariga «umuminsoniy madaniyat» tushunchasiga taalluqli, 2-guruh talabalariga «o’qituvchi madaniyati» tushunchasiga taalluqli xususiyatlarni yozish talab etiladi. Talabalar yakka holda ishlaydilar.
Umuminsoniy madaniyat O’qituvchi madaniyati


viii.

ix.

x.




2-bosqich: 1-guruhdagi talabalar 2-guruh talabalari bilan juftliklarga birlashadilar. Fikr-mulohazalarini umumlashtirgan holda kesishadigan ikkita doirachani to’ldiradilar. Bunda doirachalarning kesishgan qismiga umumiy xususiyatlar, kesishmaydigan qismiga o’ziga xos xususiyatlar yoziladi.



3-bosqich: juftliklardagi talabalardan biri topshiriq taqdimotini o’tkazadi. «Venn diagrammasi»ni to’g’ri va ko’p so’zlar bilan to’ldirgan talabalar rag’batlantiriladi va baholanadi.


2. Lug’at ishi. «Mimika», «pantomimika» so’zlarining lug’aviy ma’nosini aniqlash ustida ish olib boriladi. Buning uchun ma’lumotnomalar, lug’at yoki izohli lug’atdan foydalanish mumkin.




  1. Yüklə 7,35 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin