O’qituvchi madaniyatini shakllantirishga doir mashqlar: mashq. O’quvchi emotsional holatini aniqlash.
Talabalarga yuzida turli emotsional holatlar (o’z ishidan mamnunlik, hayrat, omadsizlik, g’azab, shodlik, g’oliblik, tushkunlik, loqaydlik) ifodalangan insonlar suratlari ko’rsatiladi. Talabalar insonlarning kayfiyatlarini aniqlashlari va asoslab berishlari lozim. Ya’ni, qaysi emotsional holatni ifodalashda qaysi mimik mushaklar ishtirok etishi, ko’z qarashlari qanday bo’lishi asoslab beriladi. 2- mashq. Ayrim tashqi ta’sirlarga mimik reaktsiyalar. 1-bosqich: bu mashqni bajarish davomida talabalarga vazifalar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Talabalar qog’ozdagi vazifalarni o’qiydilar va «o’qituvchi» rolini bajargan holda topshiriqni bajaradilar. «O’qituvchi»larning bildirgan tashqi ta’sirlarga reaktsiyalarini hamda harakatlarini o’qituvchi madaniyatiga mosligi «o’quvchi» rolidagi talabalar tomonidan baholanadi.
2-bosqich: talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
1-kartochka. Siz yozayapsiz. To’satdan eshik ochildi. Siz boshingizni ko’tarasiz, halaqit beruvchiga qaraysiz va «Nimadir bo’ldimi?» deb so’raysiz.
a) hayrat bilan;
b) g’azab bilan.
2-kartochka. Siz yozayapsiz. To’satdan eshik ochildi. Siz boshingizni ko’tarasiz va halaqit beruvchiga qaraysiz va «Va nihoyat!» deysiz:
a) munosabatingiz sovuq;
b) do’stona munosabatda.
3-kartochka. O’quvchi oldingizga kelib «men topshiriqni bajarmadim» dedi. Sizning munosabatingiz:
a) «hamdardman»;
b) g’azablandingiz.
4-kartochka. O’quvchi oldingizga kelib «men topshiriqni bajarmadim» dedi. Sizning munosabatingiz:
a) «hayron bo’lmadim»;
b) «bo’lishi mumkin emas».
O’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini tashkil etishga doir mashqlar.
3-mashq. O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabatlarini tashkil etishga doir mashq. Bu mashqni ikki kishi bajaradi: 1-talaba «o’qituvchi» vazifasini bajaradi, 2-talaba topshiriqni o’qib turadi. «O’qituvchi» talaba topshiriq talabiga binoan yuz ifodasini o’zgartiradi va o’quvchilarga ta’sir o’tkazishga harakat qiladi.
1-topshiriq: siz doskaga yozyapsiz. O’quvchilar siz bilan baravar daftarga yozishlari lozim. To’satdan shovqin ko’tarildi. Siz o’girilasiz va munosabatingiz:
A) «Nima bo’ldi?»;
B) «Kim yana hunar ko’rsatayapti?»;
V) «Bas qiling! Yozishni davom etamiz!»;
G) «Tinchlanishingizni kutyapman»;
D) «Sekin! Hamma ish qilayotganda shovqin qilish mumkin emas».
2-topshiriq: O’quvchi doska oldida. Topshiriqni bajardi. Sizning munosabatingiz:
A) sokinsiz - «hammasi to’g’ri»;
B) hursandsiz - «yasha!»;
V) muhokama qilasiz - «hammasi to’g’ri ekanligiga ishonching komilmi?»;
G) hafa bo’lasiz - «butunlay xato»;
D) qattiq ogohlantirasiz – «yana noto’g’ri»,
E) kutilmagan yutuq - «ajoyib!».