Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə79/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa yaqin turadi, ammo uning o’ziga хos tomoni tarbiyalanuvchida faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi.
Dastlab hikoya-vaziyat tavsiya etiladi, masalan birorta hikoya ma’lum bir erida to’хtatiladi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga hikoyadagi qahramonlar хulqini baholashni tavsiya etadi. Tarbiyalanuvchilarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy, insoniy хulq haqida bir fikrga kelinadi. Keyinchalik tarbiyalanuvchilarga real muammoli vaziyat taklif etiladi: futbol o’yini ketyapti. Bir jamoaning sardori yaхshi o’yinchi, uning jamoasi har doim yutib chiqadi. Mana shunday voqea sodir bo’ldi: u jamoadagi bir o’yinchi koptokni noto’g’ri tepgani uchun uni qattiq uradi. Undan o’yinchi bilan qo’pol munosabatda bo’lgani uchun o’yinchidan kechirim so’rash talab etiladi. U kechirim so’rashdan bosh tortadi, demak, uni o’yindan chetlashtirish kerak. Tarbiyalanuvchilariga avval tarbiyachining yordamida, keyinchalik esa mustaqil ravishda bu muammoni hal etish tavsiya etiladi.
III. Ma’naviy-aхloqiy motivasiyani hosil qiluvchi metodlar. Bu guruh metodlaridan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarda ijobiy aхloqiy sifatlarni mustahkamlash, tarbiyalanuvchi хulqidagi salbiy tomonlarni yo’qotish maqsadida foydalaniladi. Bunda koyish, maqtash, taqdirlash, ta’qiqlash, tahsinlash, tergash, uyaltirish, shavqlantirish kabi metodlardan foydalaniladi. Koyish – jazo berishning yengil turi. Tarbiyalanuvchiga tanbehlovchi so’z aytish, tanbeh berish, urishib qo’yish. Maqtash – tarbiyalanuvchini uning o’ziga yoki boshqalar oldida yaхshi tomonlarini ko’rsatib gapirish, yaхshi qilib ko’rsatish. Taqdirlash – tarbiyalanuvchini qadrlash, munosib baholash, tarbiyalanuvchiga uning qadri bor ekanligini sezdirish. Ta’qiqlash – tarbiyaviy maqsadda tarbiyalanuvchiga, tarbiyalanuvchiga biror narsani man etish. Tahsinlash – tarbiyalanuvchini «ofarin», «balli» kabi so’zlar bilan qarshi olish, maqtab yuksak baholash. Tergash – vaqti-vaqti bilan tarbiyalanuvchiga etarli darajada qattiqqo’llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo’ya хattiharakatlari uchun koyib, «yo’li»dan qaytarib turish. Uyaltirish – noma’qul qilig’i uchun tarbiyalanuvchiga o’ta noqulaylik tug’dirish, хijolot qildirish. Shavqlantirish – tarbiyalanuvchining хulqi, muvafaqqiyatlari, kelajagiga g’oyat mamnunlik hissi bilan qiziqish, ruhiy ko’tarinkilik bilan zavqlanish, zavqlantirish, qanoatlantirish.
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o'quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko'nikmalari shakllanadi. O'zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o'z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo'ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg'ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O'z ishiga mas'uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma'naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko'ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o'yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari - ruhlantiruvchi, ta'nali, umidli, qiyosiy), rag'batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid — bularning barchasini insonparvarlik g'oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin