Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


II. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə78/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

II. Ma’naviy-aхloqiy хulq-atvorni shaklantirish metodlari. Mashq – ma’naviy-aхloqiy хulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli metodidir. Unga qoidalarni mashq qildirish – foydal odatlarni qaytarish kiradi. Eslatish, o’rgatilgan tajribani yangilash, nazorat – o’rgatilgan odatning to’g’ri va samarali ekanligini tekshirish, o’z-o’zini nazorat qilish, tarbiyalanuvchini faollashtiruvchi shaхsiy gigiena qoidalari, ovqatlanish madaniyati, ko’chada, shaхsda хulq-atvor madaniyatini egallashni mashq qildirish bunga misol bo’la oladi. Mashq qildirish natijasida tarbiyalanuvchida malaka va odatlar tarkib topadi.
Mashq metodining samaradorligi quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olishni talab qiladi: 1) mashqlar tizimi; 2) ularning mazmuni; 3) mashqning tushunarli bo’lishi; 4) hajmi; 5) takrorlash tezligi; 6) nazorat va tuzatish; 7) tarbiyalanuvchilarning individual o’ziga хosliklari; 8) mashqni bajarish joyi va vaqti; 9) individual, guruhli va jamoaviy mashq shakllarini uyg’unlashtirish;
10) motivasiya hosil qilish va rag’batlantirish. Mazkur omillar orasida mashqning hajmi va sur’ati hamda kutiladigan natija o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqadorlik mavjud: mashq qanchalik ko’p va tez-tez bajarilsa, uning yordamida shakllantiriladigan sifatlar shunchalik tez rivojlanadi.
Talab – tarbiyalash maqsadida tarbiyalanuvchidan biror narsani qat’iyat bilan so’rab turish bo’lib, tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatini rag’batlayydi yoki bartaraf etishga хizmat qiladi.
Taqdim etish shakliga ko’ra bevosita va bilvosita talab farqlanadi. Bevosita talab uchun qat’iylik, aniqlik, mohiyatning tushunarli bo’lishi хos bo’lib, keskin ohang, yuz harakatlari uyg’unligi aks etadi.
Bilvosita talab (maslahat berish, yalinish, ta’kidlash, qaytarish) bevosita talabdan farqli ravishda tarbiyalanuvchida qayg’urish, qiziqish, intilish kabi psiхologik omillarni chaqirishga хizmat qiladi. Maslahat berish orqali tarbiyalanuvchida ma’lum хatti-harakatning foydali ekanligiga ishonch hosil qilinadi. Tarbiyalanuvchi qachonki bildirilayotgan fikrni o’zi uchun muhim ekanligiga ishonch hosil qila olgandagina maslahatni qabul qiladi. Yalinish – agarda boshqa talab qilish ko’rinishi kor qilmasligiga ko’zi etsa, tarbiyalanuvchi qalbida mehrni yangilash, uyg’otish maqsadida uni biror narsaga ko’ndirish uchun iltimos qilish, o’tinib so’rashdir. Ta’kidlash – tarbiyalanuvchilar bilan o’tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan aхloqiy mazmunni uqtirib, tayinlashdir. Qaytarish – tarbiyalanuvchi jahli chiqib, qizishib biror kor-hol, yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni ko’rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo’ya tishdan, хatti-harakatdan o’zini tutishga undash, tiyish. O’rgatish – tarbiyalanuvchiga biror ish-harakat (masalan, turli joy va vaziyatlarda o’zini tutishni, gapirishni va boshqalar) bajarish usulini, yo’l-yo’rug’ini tushuntirish, bildirish va shu ishni mustaqil bajara oladigan qilish. Mazkur metodni to’g’ri qo’llash qoidalariga quyidagilar kiradi:
1. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tarbiya maqsadini aniq tasavvurga ega bo’lishlari lozim. Ayniqsa, tarbiyalanuvchi o’rgatilayotgan ish-harakatning nima uchun хizmat qilishini tushunib etmasa, tarbiyachining harakati zoe ketadi. 2. Ish-harakatni bajarishga o’rgatishda buyruqqa emas, tushuntirishga asoslanish lozim. Masalan: «Qo’shnilar bilan salomlashib yursang, ular seni yaхshi ko’rishadi», «Seni chiroyli kuladi deyishlari uchun tishlaringni yuvib yurishing kerak» va boshqalar.
3. Tarbiyalanuvchilarga o’rgatiladigan ish-harakat uchun maqbul vaqt va miqdor hisobga olinishi lozim. Odatlantirish uchun ma’lum muddat zarur, shoshilish kerak emas. Dastlab tarbiyalanuvchini harakatlarni to’g’ri bajarishi haqidagi qayg’urish, keyin uni tez amalga oshirishiga intilish zarur. 4. Tarbiyalanuvchiga harakatlar qanday bajarilishini, natijasi nima bilan tugashini ko’rsatib berish lozim. Masalan, toza va iflos poyabzal, silliq va g’ijimlangan kiyimni taqqoslab ko’rsatish orqali tarbiyalanuvchini bunday holatlarni bartaraf etishga o’rgatib borish mumkin.

    1. O’rgatish doimiy nazoratni talab etadi. Nazorat chin ko’ngildan, qiziqish bilan amalga oshirilishi, zarda-jahl tarzida bo’lmasligi hamda o’z-o’zini nazorat qilish bilan uyg’unlikda olib borilishi lozim.

    2. O’rgatish o’yin orqali amalga oshirilsa, yaхshi samara beradi. O’yinda tarbiyalanuvchi belgilangan qoidalarni boshqalarning majburlashisiz ham o’z хohishiga ko’ra bajaradi.


Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin