Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


Estetik tarbiyaning vazifalari



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə86/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga o’rgatish; 2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish; 3) estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish – bu faqatgina badiiiy dunyoqarashni o’stirish, o’qilgan kitoblar, ko’rilgan kinofilьmlar, tinglangan musiqiy asarlar sonini ko’paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, shaхs ma’naviyatini boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik, loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon etadi. Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy aхloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaхs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili bo’la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p ahamiyat kasb etishiga bog’liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, yuksak orzuumidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.

Aesthetic system. If educational tools, methods and techniques stand the idea behind the leading technological system of psychological and social relations are not targeted educational system. Teacher's every movement, the formation of aesthetic culture of students. Educational activities should be conducted on the basis of the principles and values of life, then, ensured the process of education of the student. Outlook is still full for students in the form of teacher's life experiences, personal design aesthetic and educational impact of his ownership should not be forgotten. Therefore, before the formation of the teacher's attention toward the motivation for the aesthetics of the teacher schools plays an important role. Establishing a high level of aesthetic system tarbiyalanganlikning means he needs to continually absorb the reader, each student, class, school team. Aesthetic system is great for the achievement of educational goals teachers are very familiar with the firmness required to achieve the unity of the means of the positive impact of:
- Raising the students' environment unit;

Estetik tizim. Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g’oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O’qituvchining har bir harakati, o’quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o’quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to’la-to’kis shakllanmagan o’quvchilar uchun o’qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. SHuning uchun o’qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo’lib, uning talablarini bir maromda o’quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o’quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Estetik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o’qituvchidan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi: - tarbiyada o’quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o’quvchilar mustaqilligi va o’z-o’zini tarbiyalashning birligi;

  • The students' independence and selfeducation unit;

  • Civil and unity of humanity;

  • Firmness and unity;

Student personality cautious attitude;

  • Take into account gender differences;

  • Moral and physical health care;

  • Adhere to the norms of morality

  • fuqarolik va insoniylikning birligi;

  • talabchanlik va ishonch birligi;

  • o’quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;

  • jinsiy tafovutlarni hisobga olish;

  • bolalarning axloqiy va jismoniy sog’ligi haqida qayg’urish;

  • axloq me’yorlariga amal qilish2.


Oila go'zallikning birinchi maktabidir. Oila a'zolarining o'zaro munosabatlari, uy jihozlari, ularning yagona birligi, uyg'unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a'lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go'zallikni tarbiyalashda katta ta'sir ko'rsatadi.


Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin