Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə85/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Jismoniy madaniyat tushunchasi - bu ancha keng tushuncha bo’lib, u jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish hamda ma’naviy takomillashuvlarning uyg‘unlashgan ko‘rinishidir. Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlashda yettita narsaga e’tibor berishni tavsiya etadi:

  • fe’l-atvorni yaxshilash;

  • narsalarni tanlab yeb-ichish;

  • gavdani chiqindidan tozalash;

  • badanning to‘g‘ri tuzilishini saqlash;

  • toza havodan nafas olish;

  • mos kiyim tanlash;

•jismoniy va ruhiy harakatlarni mo‘tadil qilish.
Umuman olganda jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, ushbu sohadagi jamoatchilik yutuqlarini va bu yutuqlarni qo‘lga kiritishning metod hamda vositalarining majmuasi asosida jismoniy rivojlanishga va yo‘nalishga tegishli bilimlarni egallashga ta’sir ko‘rsatuvchi jihatdir.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo‘llari quyidagicha:

  • Ertalabki badantarbiya.

  • Mashg‘ulotIargacha bo‘lgan badantarbiya.

  • Jismoniy tarbiya daqiqasi

  • Madaniy jismoniy yayov yurishlar va sayr qilishlar

  • Darsdan tashqari mashg‘ulot!arda umumiy jismoniy tarbiya

  • Sport musobaqalari

Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha «estezio» go'zallikni his qilaman) - o'quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go'zalliklarini anglash, idrok etish va to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish, ular tomonidan go'zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini shakllantirish.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin