Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: Inson a’zolarining funktsional kamoloti (ichki a’zolar, asab va harakat, suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funktsional faoliyatini boshqarish layoqati)ga egalikni ta’minlash.
O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
Ularni gigiena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish.
O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish.
O’quvchilarning jinsiy jihatdan to’g’ri kamolga yetishlari uchun sharoit yaratish.
O’quvchilarda mustahkam iroda, qat’iy xarakter, intizomga so’zsiz amal qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Physical education functions The members of the functional maturation (internal organs, nerves and, bone-muscular system, and the harmony of the body and the ability to manage their functional activity) to ensure ownership.
Readers health.
them to follow the rules of hygiene experience.
The ratification of all-round growth of the students.
readers to create conditions for the sexually motivated.
The students' strong willpower, strong character, strict observance of discipline skills1
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari хilma-хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar.
Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog’liqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to’g’ri rivojlanishiga ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.