Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


-Mavzu: O‘quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə80/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

12-Mavzu: O‘quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi
Mashg’ulot rejasi:
1 Mehnat tarbiyasining maqsad va vazifalari
2. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari
3 Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya vositalari.
4. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik tarbiya vositalari.
Tayanch so’z va iboralar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari
Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli
sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur
shart-sharoitni yaratish; ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar
ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish; o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular
yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar bilan tanishtirish.
Ta'lim-tarbiya tarixiga nazartashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunar o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi. Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so'zlab, ularning jamiyat hayotidagi o'rniga alohida to'xtalib o'tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
XV asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug'lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko'rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko'z tikishdan ko'ra o'z qo'li bilan hayot kechirish ulug'roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida keltiradi. Hotam Toyi bir kuni qo'y-qo'zilar so'ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So'ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o'tin ko'tarib kelayotgan bir chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu og'ir yukni, Hotam uyiga borib ziyofatda izzat ko'rgil», - deydi. Shunda chol kulib: «Ey, oyog'iga hirs band solgan, g'ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulgin», - deb javob qiladi. Hotam Toyi cholning bu so'zlariga tan beradi va halol mehnat bilan kun kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi.
Alisher Navoiy mehnatning insonni go'zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonining asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin