Xarakterning shakllanishi Organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishidagi shartlardan biridir. Xarakter xususiyatlari irsiyatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuniyatlar bilan belgilanadi (egizaklar). Egizaklar temperament xususiyatlari jihatdan o’xshasalar ham xarakter xislatlari bir-biridan farq qiladi. Xarakterning har bir xususiyati shaxs munosabatlari bilan bog’liqdir. Lekin, shaxs munosabatlari o’z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki yolg’onchi, qo’rqoq yoki jasur bo’lib tug’ilmaydi. Har bir odamning xarakteri, temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta'siri bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishining o’z-o’zini tarbiyalashi bilan taraqqiy qilib, o’zgarib boradi. Xarakterning taraqqiyoti kishining irodasi, aql-idroki va hissiyotlarining rivojlanib borishi bilan mustahkam bog’liqdir.
Kishining butun hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo shu kishi bilan birga yashab turgan va ishlab kelgan jamoa katta ta'sir ko’rsatadi. Kichik bolalarda xarakterning tarkib topishida taqlidning roli katta. Bolalar ota-onasiga, yaqin kishilariga va kattalarga o’xshashlikka harakat qiladi. Ular kattalarning yurish-turishlari, dasturxon atrofida o’zini tutishi va boshqalarga taqlid qiladilar, kichiklar va jonivorlarga munosabatlarini kuzatadilar. Ota-onalar va o’qituvchilar, umuman katta yoshdagilar hammasi o’zlariga ham e'tibor bilan qarashlari, o’zlarida ijobiy xarakter xislatlarini har doim tarbiyalab borishlari lozim.
Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. o’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi.
Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo’ladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u ma'lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. qamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta'minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. qobiliyat ko’nikmada ro’yobga chiqadi.