4. Funksiyalarning lokalizasiyasi (joylashuvi). Turli psixik funksiyalar faoliyati odatda bosh miyaning ayrim sistemasining qismlariga bog’liq bo’ladi.
5. Vegetativ nerv sistemasi Vegetativ nerv sistemasini nerv tugunlari va bu nerv tugunlarini orqa miyadagi hamda orqa miyadan tashqaridagi mahsus birikma va chatishmalari tashkil etadi. Vegetativ nerv sistemasidagi nerv hujayralarining va nerv tugunlarining ayrim birikmalari hazm organlarida, qon aylanish, nafas olish organlarida va shunga o’xshash organlarda bo’ladi.
Vegetativ nerv sistemasi ikki bo’lakdan: simpatik nerv sistemasi va parasimpatik nerv sistemasidan iborat.
Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning ko’krak va yuqori bel bo’limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari tanadagi hamma organlarga yoyiladi.
Mavzuga doir testlar 1. Qaysi qatorda inson miyasining og’irligi to’g’ri ko’rsatilgan? A) 1250-1300g B) 1250-1350g V) 1380-1450g D) 1350-1475g
G) 1350-1400g
2. Inson miyasida qancha miqdorda nerv hujayralari mavjud? A) 11 mil. B) 13 mil. V) 14-15 mil G) 13-14mil. D) 12-13 mil.
3. Inson miyasining funksional tuzilishini o’rgangan olim qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) I.P.Pavlov B) I.M.Sechenov V) A.R.Luriya G) M.Teplov D) Neblisin
4. Nerv hujayrasi va uning o’simtalari ularni qoplovchi pardalar ………… deb ataladi? A) akson B) dendrite V) sinaps G) neyron D) refleks
5. "Bosh miya reflekslari" asarining muallifi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) I.P.Pavlov B) I.M.Sechenov V) A.R.Luriya G) M.Teplov D) Neblisin
6. "Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari o’zining yuzaga kelishi jihatidan reflekslardan iboratdir" mazkur fikr muallifi va asarning nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? A) I.M.Sechenov "Bosh miya funksiyalari" B) I.P.Pavlov "Bosh miya reflekslari"
V) I.P.Pavlov "Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari" G) I.M.Sechenov "Refleks va reflektor yoyi" D) I.M.Sechenov "Bosh miya reflekslari"