Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə121/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

«Avesto»dan namunalar
Har bir inson o‘zi o‘sib-ulg‘aygan zaminini eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak.
Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.
Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan Shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart.
Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim.
Inson butun umri davomida suv, toproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga haqlidir.
Er, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 kishi qamchi urish jazosiga mahkumdir.
Yaxshilik ta’limini va sadoqatini amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar.
Ezgu o‘y, ezgu so‘z va savob ishlarni alqayman. O‘zimni barcha ezgu o‘ylarga, ezgu so‘zlar aytishga, yaxshilik ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon yo‘lardan yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman.
Qadimgi Xorazm, So‘g‘d, uyg‘ur, turkiy-run yozuvlarining ta’lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o‘rni
Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik, qabilachilik davrlariga kelib xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarmizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqrtiya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, zarafshon vohalari, Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak-massagetlar, so‘g‘diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘plab qabila va urug‘lar bilan birlashib ketgan va hozirgi Markaziy Osiyo hududtdagi xalqlarning ajdodlaridir.
Bu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi birinchi asrlarning birinchi yarmida qadimiy davlatlar – Baqtriya va So‘g‘diyona, Xorazm, Marg‘iyona, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi rivojlanish bilan birga madaniyat ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu taraqqiyot eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahamoniylar hukmronligi, keyinroq eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek – Baqtriya davlati, eramizning I asrida esa kushonlar davlati, V asrda Eftalitlar hukmronligi, so‘ngra sosoniylar emperiyasi va nihoyat, turk hoqonligi davrlarini o‘z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning bu qadimiy madaniyatiga ta’lim-tarbiyaga oid boy meros ham kiradi. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilik, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiyot namunalari buning dalilidir.
Tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan ma’lumotlarga qaraganda, eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita etib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lish namunasi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari, qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya» asarlari, Mahmud qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», Urxun-Enasoy bitiklari va boshqa Shu kabi adabiy-tarixiy manbalar saqlangan va shular orqali bizgacha etib kelgan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi. Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham, o‘z navbatida, insoniyat jamiyatining tarkib topa borishiga yordam bergan. Xullas, insonning o‘z-o‘zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Bu tarixiy jarayonni bilish inson tafakkurining qadimgi davrlardan boshlab bosqichma-bosqich rivojlanishi va shu bilan birga insonning ham tobora shakllana borganligi haqida to‘la tasavvur hosil qilishga imkon beradi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, odamlarni davolash usullariga oid bilimlar berish ishlari avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezila boshlaydi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat (juda qadimgi tasviriy yozuv) paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harf bilan yozish usuli paydo bo‘ladi va tez tarqala boshlaydi.
Tadqiqotchilar eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalarida oromiy yozuvi, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon yozuvi va shu bilan birga forsiy mixxat ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanib kelinganini ta’kidlaydilar. O‘sha davrda Xorazm, So‘g‘d, kushan, Run (Urxun-Enisey), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘lgan va bu yuksalish ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki inson ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash tarzini asta-sekin rivojlantirib borib, jahon madaniyatida katta kashfiyotlar yaratdi. Chunonchi, Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash o‘nlik sistemasining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada Er kurrasini graduslarga, sutkani soat, daqiqa va soniyalarga bo‘lishning joriy etilishi, Markaziy Osiyoda O‘rta dengiz bilan Hindistonni bog‘lovchi karvon yo‘liningvujudga kelishi, keyin Markaziy Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga «Buyuk ipak yo‘li»ning ochilishi kabi muhim voqealar madaniyatning taraqqiy etishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o‘tgan, yunon va oromiy alifbosi asosida Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yozuvlari shakllangan.
Eramizdan oldin taxminan 484 (480) – 431 (425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan:
Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim, - shunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘illarga ega bo‘lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari, bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha faqat uch narsaga: otda yurishga, kamondan otish, to‘g‘rilikka o‘tgatishgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.
O‘g‘il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onaga hurmatsizlikni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardan kutish mumkin, deb hisoblaganlar.
Bundan tashqari Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish Sharmandalik hisoblangan, deydi… yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar.
Gerodotning bu ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarinini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Erkaklargina emas, hatto ayollar ham jasorat ko‘rsatgani yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan.
Plutarxning yozishicha, Aleksandr erli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy aholi urf-odatlarini aralashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va harbiy san’atini o‘rgatishga murabbiylar tayinlashga buyruq bergan.
Keyinchalik yunon alifbosining bu yurtda qabul qilinishi, o‘Sha davrda ko‘plab maktablar ochilgani hamda unda erli aholi farzandlari ham o‘qitilganidan alolat beradi. Yoki So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida «Eski xatlar» nomi bilan yuritiladigan va V.B.Xenning tomonidan aniqlangan qimmatli manbalar bor. Bu xatlar eramizningboshlaridagi so‘g‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. «Eski xatlar» Dunxuan Shahri (sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog‘ida yashagan so‘g‘dlik tijorat, savdo ahlining Samarqandga – o‘z ona yurtiga yozgan Shaxsiy xatlaridir.
Imperator yan Di (615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqandda ta’lim-tarbiya haqida ma’lumotlar mavjud. «Aholisi (Samarqandning demoqchi) – mohir savdogrlardir. O‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savod o‘rgata boshlaydilar; o‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlariga o‘rgata boshlaydilar». Boshqa bir xitoy tarixchisi Syuan-Szin esa Samarqand aholisining axloqiy va xulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o‘rnak bo‘lganliklarini aytib o‘tgan. Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-ismoniy mashqlarga va hunarga o‘rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo‘lgan uyg‘urlar juda katta meros – o‘Sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – xronologik jihatdan ikki davrga bo‘linadi. Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo‘lib, ular urxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo‘lgan bitiktoshlardan iborat. Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa so‘g‘d yozuvi asosida shaklangan uyg‘ur yozuvida bitlgan matnlar kiradi.
Urxun-Enasoy obidalari, ularning ma’rifiy ahamiyati
Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga, ta’lim-tarbiyaga oid yozma yodgorliklar sarasiga Urxun-Enasoy yodgorliklari kiradi. Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turkiy Urug‘lar va ularning madaniyati Urxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. Urxun-Enasoy yodgorliklarining ko‘pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular asosan Urxun daryosi bo‘ylaridan, Enasoy daryosining yuqori qismidan, Qirg‘izistondagi Talas vodiysidan, Shuningdek, Baykal ko‘li atroflari, Lena daryosi sohillaridan ham topilgan.
Urxun-Enasoy yodgorliklari asosan toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlardan, idish, tanga kabi buyumlarda va qog‘ozlarda yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra u qadimgi skandinav-germat tillariga oid run, runiy yozuvi nomibilan ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o‘qiyilar. Ular bu yodgorliklarni turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar.
Urxun-Enasoy yozuvi bilan bitilgan eng yirik obidalarga quyidagilar kiradi:
1. O‘ngin (ongin) bitiktoshi – eng qadimiy va yirik yodnoma bo‘lib, 689 yoki 692 yillarga tegishli.
2. Tunyuquq bitiktoshi – 712-716 yillarda toshga o‘yib bitilgan.
3. Kul tegin bitiktoshi – 732 yilga tegishli bo‘lib, juda yaxshi saqlangan. Urxun daryosining Ko‘kshin irmog‘idan topilgan.
4. Bilga hoqon bitiktoshi – Kul tegin bitiktoshi bilan birga topilgan.
5. Quli chur bitiktoshi – VIII asrga tegishli.
6. Moyun chur bitiktoshi – VIII asrga (taxminan 759 yillar) tegishli.
7. Irq bitigi (folnoma).
Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo‘lib, turk hoqonligi davrida runiy yozuvida bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turai. So‘g‘diy yozuvi asosidapaydo bo‘lgan
Qadimgi turkiy run yozuvi G‘arbiy va sharqiy turk hoqonligida keng tarqalgan edi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin