Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə120/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

20.2. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi
«Avesto» (asli «Ovasto») so‘zi «Ogohnoma», «donishnoma» degan ma’nolarni ifodalaydi. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, o‘z davrida o‘Sha paytlarda bu dinga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas kitob sanalgan va unga bir necha ming yillar davomida ixlos bilan amal qilib kelganlar.1 Hozir esa bu kitob ajdodlarimiz madaniyati va ma’naviy qadriyatlaridan darak beruvchi, jahon tamadduniga (sivilizatsiyasiga) muhim hissa qo‘Shgan, olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan ona yurtimizning eng qadimgi, eng mo‘‘tabar, eng nodir, madaniy tarixiy, ma’rifiy yodgorligi sifatida o‘rganiladi.
«Avesto» uzoq davrlar mobaynida – miloddan oldingi 3 ming yillikning oxirlaridan boshlab og‘zaki tarzda shakllanib avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Muqaddas «Avesto» ning yozuvlari turli davrlarda yozilgan va bu yozuvlar har xil ijtimoiy muhitning mahsuli blgan. Ularni miloddan avvalgi XII-VIII asrlar orasida Xorazmda tug‘ilib o‘sgan zardushtra (zardusht) bir tizimga solib, o‘zi ham «Avesto»ning «Gohlar» («Gotlar») qismin yozib kitobat qilgan va «zardushtiyya» diniga asos solgan. Ya’ni zardusht o‘sha davrdagi ko‘pxudolik g‘oyalari va u g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan urf-odat va diniy marosimlarga qarshi chiqib yakkaxudolik g‘oyalarini targ‘ib etadi.
Abu Rayhon Beruniy ham zardushtrani insoniyatni ko‘pxudolik (poleteizm)dan yakka xudolik (monotiezm)ga targ‘ib etgan ilk payg‘ambarlardan biri bo‘lgan, deb ta’riflagan.
Ko‘pxudolik bilan bog‘liq bo‘lgan dahshatli odatlardan biri insonlarni qurbonlikka so‘yish bo‘lgan. Tarixning ana shunday chirkin, dahshatli davrlarida insoniyat xaloskori sifatida vatanimiz va millatimiz iftixori bo‘lmish zardusht mardlarcha maydonga chiqdi. Zardusht insoniyat hayoti uchun g‘oyat zararli bo‘lgan ko‘pxudolik e’tiqodlarining g‘ayriinsoniy mohiyatini chuqur anglab etdi va o‘z bilimlarini yakayu yagona Oliy Tangri – Ahura Mazda (Xurmuzd) vahiylari bilan boyitib, insoniyat ongi va mafkurasida inqilob yasab, o‘tmishning bunday dahshatli chirkin sarqitlariga bolta urub chil-parchin qilib tashladi va kishilik jamiyatining ma’naviy taraqqiyotini yangi yo‘nalishga soldi.
Uning ta’limoti, siymosi, uning nomi bilan ataladigan «zardushtiylik» dini insonlarga asrlar bo‘yi ma’naviy madad, ruhiy oziq bo‘lib xizmat qildi. «Avesto» dagi alqov qo‘Shiqlari, sanolar bashariyat tomonidan uzoq-uzoq yillar mobaynida qiroat bilan kuylab kelindi va insonlarda kelajakka umid, yaxshilik, ezgulik, mardlik, qahramonlik, pokizalik, rostgo‘ylik tuyg‘ularini tarbiyalaydi, yovuzlikka nisbatan esa nafrat hissini uyg‘otishga xizmat qildi va mamlakatlar bo‘ylab keng tarqaldi. Jumladan, qadimgi Parfiya, Baqrtiya, So‘g‘diyona, Parkana, Ozarbayjon, Eron, Xuroson, Iroq, Mug‘ilistondan tortib to Suriya, Xitoy, shimoliy Hindiston, Rum, habashiston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»ning «Gohlar» («Gotlar») qismini o‘zi yozadi, kitobning qolgan qismini esa xalq og‘zaki ijodini bir tizimga soladi.
Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, Iskandar Zulqarnayn mil. Avv. 330-yilda ahamoniylar imperiyasini mag‘lub etgach, insonlarni xaniflikka, yakkaxudolikka targ‘ib qilib, otashxonalarni vayron etgan. Olimlarga «Avesto»dagi tibbiyot, falsafa va ilmi nujumga doir o‘rinlarini tarjima qilib qoldirib, qolgan ko‘pxudolik qismini yoqib yuborishni buyurgan.
O‘tmishda «Avesto» va zardushtning vatani qaerda bo‘lganligi to‘g‘risida olimlar o‘rtasida bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan. Pirovardida o‘ttizdan oshiq chet ellik mashhur avestoshunos olimlar va o‘zimizning qadimshunos, tarixchi, avestoshunos tadqiqotchi olimlarimiz «Avesto» va zardushtiylik dinining asoschisi zardushtning vatani O‘zbekiston, Xorazm deb qat’iy bir to‘xtamga kelganlar. Olimlarning bunday yakdillik bilan chiqargan xulosalarini bmtning maorif va madaniyat bo‘limi – YUNESKO ham tasdiqlagan.1
Ushbu fikrni o‘z o‘rnida yurtboshimiz ham ta’kidlab o‘tganlar: «Avesto eng mo‘‘tabar, qadimiy qo‘lyozmamiz… Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana Shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir».2
«Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha mukammal ma’lumot beradigan ulkan, eng ko‘hna manba hisoblanadi. Unda eramizdan oldingi ikki minginchi yillardan tortib to oltinchi asrgacha bo‘lgan davrdagi Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixiga doir, Sirdaryo va Amudaryo sohillarida yashaydigan xalqlarning ijtimoiy turmushiga oid ma’lumotlar bor. Bundan tashqari ushbu obidada iqtisodiy hayot, jo‘g‘rofiya, falakiyot, ilmi nujum, ijtimoiyot, biologiya, falsafa va tibbiyotga doir ko‘p qimmatli ma’lumotlar mavjud.
«Avesto»da olov, tuproq, suv va havomuqaddas hisoblangan. Unga ko‘ra er, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni ozoda tutish va saqlashga alohida e’tibor berilgan. Erni iflos qilgan va uni asrlash qoidalarini buzgan shaxslar 400 qamchi urish bilan jazolangan. «Avesto»dagi muhit tozaligini saqlash va kasalliklarning oldini olish vositalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Axlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko‘mib tashlash. Shu yo‘l bilan mikroblar o‘ldirilgan yoki kamaygan.
2. Otash, issiqlik va sovuqlik yo‘li bilan yo‘qotish. «Avesto»da otash poklovchi va ofat ketkazuvchi vosita. U bilan hatto kiyim-kechaklarni zararsizlantirilgan.
3. Kimyoviy yo‘l: kul, sirka, Sharob, turli giyohlar tutatish yo‘li bilan.
«Avesto»da doimiy badantarbiya bilan Shug‘ullanish, kunda yuz-qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin