Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Muhammad ibn Al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining buyuk nomoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bog‘dodda vafot etgan



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə128/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

22.2. Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari

Muhammad ibn Al-Xorazmiy (783-850). Jahon ilm-ma’rifatining buyuk nomoyondasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy taxminan 783 yilda Xorazmiyda dunyoga kelib, 847-850 yillar oraligida Bog‘dodda vafot etgan.

Xorazmiy tug‘ilib voyaga etayotgan davrda Movarounnahr yirik madaniy va savdo markazlaridan biri edi.


Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Al-Majusiydir, Abu-Abdulloh Muhammad Islomga o‘tganlarga beriladigan an’anaviy ism bo‘lgan. Xorazmiyning avlodlari majusiy koxinlaridan, ya’ni "Mug‘ullar" dan bo‘lib, islomni otasi qabul qilgan bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarida yozilishiga ko‘ra Xorazmiy boshlang‘ich ma’lumotni o‘z uyida olgan, chunki uning otasi qadimiy diniy hamda dunyoviy bilimlardan xabardor bo‘lgan. Shu tufayli al-Xorazmiy bolaligidanoq bu ilmiy manbalardan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Muhammad Xorazmiy matematika bilan juda berilib Shug‘ullangan, bu sohaga oid barcha asarlarni qunt bilan o‘rgangan, Arab, fors, xind, yunon tillarini ham o‘rganib, bu tilda yaratilgana asarlarni ham o‘qiy oladigan bo‘ladi. Lekin Xorazmiyning vatanidan chetda yashaganligini turlicha sharxlashadi. Chunonchi otasi majusiy koxinlardan bo‘lganligi uchun ham arab mutassabbilari uni ta’qib qilganligi sababli u Xorazmni tashlab ketishga majbur bo‘lgan, degan fikrlar ham mavjud.
Xorazmiyshunos olim A.Axmedov xalifa Xorun ar-rashidning o‘g‘li Ma’mun-ar rashid Marvda xalifa noibi turganda saroyida juda ko‘p olimlarni to‘plagan, so‘ng xalifa bo‘lib ko‘tarilgach ularni ham Bog‘dodda olib ketganini ta’kidlaydi. Biz A.Axmedovning fikriga qo‘Shilgan holda yana quyidagilarni ham bayon etmokchimiz.
Buning sabablari -birinchilardan, o‘Sha davrda barcha ilmga intilgan olimlar ma’lum fanlarni egallab olganda so‘ng ilm-fan markazlariga safar qilganlar va u erda etuk olimlar bilan muloqotda bo‘lib, turli fanlar bo‘yicha baxs-munozara yuritganlar maxsus tayyorgarlikdan va sinovlardan o‘tganlar, o‘zlarini fan olamida sinab ko‘rganlar. Ikkinchidan, xalifalikda ilm markazi sanalgan damashq va Bog‘dodda ilm-fanning taraqqiy etganligi va Shaxsan xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga xomiylik qilganligi ham olimlarni jalb etgan.
"Baytul Xikma" da matematika, geodeziya, geografiya falakkiyot va boshqa sohalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi va al-Xorazmiy makzabi yaratiladi. Olimning ayniqsa, matematikaga oid ilmiy merosi jahon ahamiyatiga ega bo‘ldi.
Xalifa al-Ma’mun xatto Muhammad al-Xorazmiy boshchiligida Xindiston va Rum (Vizantiya) Xazariya (Volganing quyi oqimidagi) gi o‘lkaga bir necha marta ilmiy safarlar uyushtiradi.
Olim insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarda ilm-fanning muhimligi g‘oyasini ilgari so‘rgan holda pedagogik fikr tarakkiyotida ham munosib urin egallaydi. Xorazmiy matematika, geografiya, geodeziya, falakkiyot sohalarida yirik tadqiqotlar olib borgan. Lekin u matematika sohasidagi yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyatchi olim sifatida tarixda qolgan.
"Al-Jabr va muqobala" asari bilan ham matematika fanini rivojlantirib o‘zidan avvalgi bilimlarni o‘rgandi va ularni sintezlashtirish hamda amalda qo‘llash usullarini baen etdi.
Shu asar tufayli "Al-Xorazmiy" nomli lotincha transkripsiyada "Algoritm" Shaklini oldi, keyinchalik hozirgi zamon hisoblash matematikasining asosiy tushunchasi algoritm algorifmga aylandi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo‘llarini ham berdi, meros taqsim qilishda vasiyatnomalarni tuzishda, mol taqsim etishda odamlarga kerak bo‘ladigan amaliy ishlarga zarur bo‘lgan hisoblarni taqdim etdi.
Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi "Xind arifmetikasi haqida kitob" ("Hisob al xind")dir. Asar o‘nlik tizimi raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag‘ishlangan.
Xorazmiy xindlarning falakkiyot va matematikaga oid "Sindixind" nomli qo‘llanmasini ukib, uning yangilish va kiyin tomonlarini kayta ishlab yangi boblar qo‘Shdi va uni "Kiskargan sindixind" ("Algoritm xind hisobi haqida") deb atadi. Asar faqat sharqdagina emas. Evropada ham qo‘llanma sifatida Shuxrat taratli. O‘nlik tizimining kashf etilishi sanoq tizimida inklobiy uzgarish yasadi va ta’rif beradilar. Evropaga o‘nlik tizim raqamlaridan foydalanib eng katta sonlarni yozish va joylarni anik kursatish X-XI asrlarda arablardan kirib kelgan.
Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo‘lgan qo‘shish, ayrish, ko‘paytirish, bo‘lish koidalarini yaratgan. Turli "jins" dagi sonlarni ko‘paytirish algoritmi ham bergan. Masalan, minut sekundlarni bir-biriga ko‘paytirish uchun avvalo, bir xil Shaklga keltirish ya’ni sekunl yoki minutga aylantirishni ko‘rsatgan. Maxsus bobda kasr va mlmizdan chikarish amallarini yozgan.
Xorazmiy o‘zining falakkiyotga doir ishlarida xindlarning falakkiyot jadvallarni tahlil etib, "Xorazmiy ziji" nomli bilan mashhur bo‘lgan astronomiy jadvallar tuzdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra VIII-XV asrlarda hammasi bo‘lib trigonometriya, falakkiyotga oid 100 ga yakin zij - jadval mavjud bo‘lgan. Ularning qatoriga boshqa olimlar bilan birga Xorazmiy tuzgan zijlar ham bor.
Xorazmiyning "Sinus ziji"ri asari XII asrda lotin tillari tarjima etilib, bir necha asr mobaynida undan foydalanib kelindi.
Bundan tashkari, "Kitob suratil ard" ("Erning surati kitobi") geografiyaga oid dastlabki kitob sanaladi. Bu asar A.Axmedovning taxminiga ko‘ra xaritani tavsiflagan asardir. U Xorazimiyning ko‘p yillar olib borgan tekshirish-kuzatishlar ishlari natijasi bo‘ldi. Unda olim sharq mamlkatlari ustida kuzatishlar olib borib mamlakat va Shaxarlarning harakatlarini tuzadi, nomlar ruparasida uzo‘nlik va kenglik darajalarini kursatadi. U geografiyaga oid yasashida Erni ketti iklimiga bo‘ladi, er xaritasini tuzadi. Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra olamning turt xaritasini tuzadi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga kura- olamning turt xaritasi - Azov dengizi, Nil daresi yakin va Urta sharq mamlakatlari xaritasi saklanib kolgan. Uning yukoridagi asari ham sharq va G‘arbda katta ahamiyatga egadir.
Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga uzining ulkan hissasini qo‘Shdi. "Al kitob al muxtasarfi hisob aljabr va muqobala " asarida ("Aljabr va al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob") sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar ularni echish yo‘llarni baen etadi.
Risola uch qismdan iborat bo‘lib, birinchisi-algebraik qism uning oxirida savdo muomlasiga oid kichik bir bo‘lim keltiriladi. Ikkinchi - geometrik qism algebraik usul qo‘llab ulchashlar haqida, uchinchi qism vasiyatlar haqida bo‘lib, muallif uni "Vasiyatlar kitobi" deb ataydi.
Al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya (mavxumiylik) tushunchasini kengaytirdi. Induksiya yo‘li bilan umumiy echish usullarini hal etdi, deduksiya yo‘li bilan umumiy usullar yordamida turli xususiy masalalarni echdi.
Xorazmiy bilim olishda talabaning Shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilimlaridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to‘plash ularni ifodalash va kuzatilganlarni yushtira olish malaka va ko‘nikmalarni xosil kilishga katta baxo beradi. "Ul-kitob al muxtasar fi hisob aljabr va al-muqobala" asarida olmishlarni uch guruxga bo‘ladi. Ulardan uzidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshkalaridan uzib ketadi va uni uzidan keyin keluvchilarga meros kilib kolidiradi.
Boshkasi uzidan avvalshilarining asarlarini Sharxlaydi va bu bilan kiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopikni ochadi yo‘lni yogitali va uni tushunarlirok kiladi yoki bu ayrim kitoblaridan nuksonlar topadigan sechilib yotganini tuplaydigan odam bo‘lib u uzidan avvalgilar hamida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik kilmayli va uzi qilgan ishidan magrurlanmaydi.
Xorazmiyning bu fikri bir tomondan, olimlarning ma’naviy yuksakligini yoritsa, ikkinchi tomondan, o‘Sha davrda ilmiy-tadqiqot ishlari va ukitilishning usul va vositalaridan kay darajada foydalanganligini kursatadi.
Ko‘pchilik mutaffakqiyatlar katori Xorazmiy ham bilim berishning ko‘rgazmali tajriba usullari, savol-javob malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, bilimlarni sinash usullarimdan foydalangan.
Masalan, Xorazmiyning arifmetikaga oid risollari uning tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e’tibor berganligini kursatadi. Xorazmiy bilishni sezgidan mantikiy tasavvur orkali fark kilish haqida fikr bayon etgan: "Sezgi" orkali bilish bu qisman bilish bulsa, "mantikiy" bayon bilish esa xakikiy, bilishning muhim tomonini namoyon etadi. Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo‘Shdi. U birinchildan bo‘lib, sinov-kuzatish va sinov usullariga asos soldi samoviy qismlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarni algoritm usulida echishni isbotlab berdi. U matematik masalalarni g‘oyallarni asosida odamlarning amaliy talablari natijasida yuzaga kelishini asoslaydi. Masalan, er ishlari, binolar kurish, kanallar echish. U birinchi marta insonnlar urtasidagi munosabatlarni matematik Shakllarla ifodaladi. Xorazmiy ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi.
Xulosa kilib aytganda, al-Xorazmiy Evropa va sharqda falakkiyot va matematika sohasidagi yangi davr ochdi. Xindlarning o‘nlik tizim raqamlari Xorazmiy tufayli "Arab raqamlari" nomi bilan butun dunega yoyildi.
Xorazmiyning hayotiy va amaliy muammolarni hal etishga oid tavsiya etgan usullari fikriga oid masalalarni echishda muhim qo‘llanma bo‘ldi.
Xorazmiyning falakkiyot va geodeziyaga oid kuzatishlari, geografiyaga oid asarlari, u chizgan Er xaritasi ham sharq va G‘arb olimlari uchun chizgan tekshirish- kuzatish ishlarini olib borishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat kildi. Olim "Er satxini ulchash" ("Alstralyabiya") "kuyosh soati to‘g‘risida", "yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash" va boshka asarlari bilan ham fan rivojiga katta hissa kushdi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, al-Xorazmiy ilmiy bilim ta’lim usullari, ilm fanga qo‘Shgan ulkan hissasi bilan insonni aqliy kamolga etkazishda, ta’lim-tarbiyada o‘z o‘rniga egadir.
Olimning ijodi haqidagi ma’lumotlar ham uning hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar kabi juda kam. Saklangan ma’lumotlarga kura, uning kalamiga mansub asarlarning soni undan ortikdir:
1. Arifmetik asar ("Algoritmi xind hisobi haqida") nomi bilan ma’lum. Asarning arabcha nusxalari saqlanmagan.
2. Al-kitob al-muxtassar fi hisob al-jabr val-muqobala (al-jabr almuqobala hisobi haqida qisqacha kitob)
3. "Ziji al-Xorazmiy " (Xorazmiy Ziji) arabcha nusxada saqlanmagan. Asarning 1007 yili ispaniyalik arab astronomi Maslama al-Majritiy (X-XI) kayta ishlagan nusxadan XII asarda Adelard Bat bajargan lotincha tajrimaning nusxalari mavjud.
4. Muhammad ibn al-Xorazmiyning ajoyib ishlaridan, Asturlab yordamida azimutni aniqlash ("Zaraif min amal Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy ta rif as-samt bi-l-asturlob"), yagona arabcha qo‘lyozmasi Istanbulda Ayo So’fiyo kutubxonasidan 4830G‘13-raqamli inventar (198-200 varaqlar, xijriy 620 yili ko‘chirilgan) raqam bilan saqanadi. Ruscha tajrimasi nashr etilgan.
5. Mramar soat haqida kitob (Kitob ar-ruhama)
6. Tarix kitobi (Kitob at-ta rix)
7. Abu Maslama al-Majritiy o‘zining "g‘oyat al-xakim" nomli asar da Xorazmiyning astromatik ma’noga ega saridan sitata keltidi. Bu asar saqlanmagan.
8. Yaxudiylarning eralari va bayramlari haqida risola. (Risola fi istixroj ta rix al-yaxud va a yoxidim) kadendarga taluqli. Bu kitob tarjima qilingan.
9. Surati-l-arz kitobi (Kitob surati - l - arl) - Xorazmiy "Geografiya"si bu asar ham muallif tomonlaridan tarjima qilingan.
10. Asturloblar bilan amal tutish haqida kitob (Kitob al-amal bi-l - asturlobot.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin