Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


XXII-BOB. SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA (IX-XII ASRLAR) PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə127/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XXII-BOB. SHARQ UYG’ONISH DAVRIDA (IX-XII ASRLAR) PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI

22.1. IX-XII asrlar – Sharq Uyg’onish davri
IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o‘lka sifatida mashhur bo‘lib, bu erda qadimiy an’analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an’analari qorishuvi asosida islomiy falsafiy va tabiiy ilmlar – asronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jo‘g‘rofiya kabilar rivoj topdi. Bu erda maxsus hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari Shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi.
Bu davr ma’naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko‘pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo‘lib, ilmlar bir-biridan ajralmas, uzviy bog‘liq holda mavjudligi xarakterli edi. Shuning uchun ham Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko‘p sohzalarda ijod qilib, o‘chmas iz qoldirdilar. Shu bilan birga matematika, asronomiya, tibbiyot, mantiiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, madaniyat, ma’naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganiki, islom dinining nazariy masalalari bilan birga axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko‘ramiz.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivojlangan tasavvuf ta’limotlari, oqimlari ham jamiyat ma’naviy hayotining rivoji uchun xizmat etib, uning o‘ziga xosligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ma’lumki, G‘arb adabiyotlarida Evropa mamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV-XVI asrlarni Renessans – Uyg‘onish davri nomi bilan yuritadilar. Biroq ko‘pchilik mualliflar sharqda Shunday jarayon bo‘lganligidan ko‘z yumadilar. Holbuki, IX-XII asrlarda Markaziy siyoda Evropadan bir necha asrlar ilgari madaniy yuksalish yuz berganini hech kim inkor eta olmaydi. U Evropadagidek yangi siyosiy-iqtisodiy jarayon, ya’ni burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lmasa-da madaniyat tarixida o‘lmas iz qoldirdi va Evropa Renessansining vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi Markaziy Osiyo madaniy yuksalishini Uyg‘onish davri, aniqrog‘i ilk Uyg‘onish davri deb atashga ham to‘la asosimiz bor. Bu ilk Uyg‘onish davri madaniyati siyosiy-iqtisodiy jihatdan Evropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq mustaqilikka erishish va bu mintaqada mustaqil davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir.
Yaqin va O‘rta sharqda, jumladan Eron, Kavkaz ort iva O‘rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta’sir etdi. M.Xayrullaev ta’kidlaganidek, «yaqin va O‘rta sharq mamlakatlaridagi madaniy yuksalishga olib kelgan sabab feodal munosabatlar yangi bosqichi bo‘ldi. Bu davr madaniy taraqqiyotida arab halifaligiga bo‘yso‘ngan mamlakatlarning xo‘jalik iqtisodiy aloqalarning kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar – Hind, O‘rta Osiyo, Eron, Arab, yunon, Rim madaniyatlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va bir-biriga ta’sir jtib borishi katta rol o‘ynadi»1.
Bu davrda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan er maydonlari kengaytirildi, ko‘plab sug‘orish inshootlari tiklandi va yangilari qurildi, paxta, zig‘ir, kanop ekilib, ular tolasidan mato to‘qilgan. Movarounnahrda, xususan, O‘rganch, Farg‘na, Samarqand va Buxoro to‘qimachilik mahsulotlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro Shoyisi dunyoga mashhur bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik sanoat mahsulotlarining ishlab chiqarilishi savdoning rivojlanishiga yo‘l ochdi. Natijada yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining chet davlatlar: Ispaniya, Xindiston, Xitoy, Vizantiya bilan savdo ishlari ko‘lami ortib bordi.
Markaziy Osiyoda ilk Uyg‘onish davri haqida so‘z borganda, quyidagi omillarni alohida ko‘rsatmoq zarur:
A) IX-XII asrlarda arab xalifaligidan qutilib, erli mustaqil davlatlarning vujudga kelganligi.
B) yagona din – Islom tufayli katta hudud – yaqin va O‘rta sharqdagi turli xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning rivoj topishi, madaniyat, ma’naviyatda ma’lum umumiylik vujudga kela borganligi;
V) oldingi «Ipak yo‘li» ahamiyatining oshuvi, mamlakatlararo savdo-sotiqning, hunarmandchilikning ko‘paygani, Shaharlarning rivoji;
G) jahon madaniyati avval erishgan yutuqlar, xususan, qadimgi yunon, hind, eron madaniyati, ilm-fani yutuqlari inkor etilmay, aksincha, vorislik davom qilgani, undan keng foydalangani.
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar – Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, xorazmshoxlar davlatlarining paydo bo‘lishi ham madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga olib keldi. Bu davrda pul muomalasi rivojlandi. Jamiyat siyosiy, ijtioiy, ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, albatta madaniy hayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Somniylar davlati Marv, Buxoro, samarqand va O‘rganch o‘Sha davrning madaniy markazlaridan sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilar edi. Rasmiy hujjatlar, Shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi, ammo yoziladigan hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo‘lsa ham, arab imlosida yozilar edi.
O‘Sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‘lgan kitob do‘konlarida olim va fozil kishilar uchrashib, ilmiy bahs-munozaralar o‘tkazganlar.
Abu Ali ibn Sino kitob do‘konlarining birida Farobiyning Arestotel «Metafizika»siga yozgan Sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi. Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo‘lgan, bu kutubxonani o‘Sha davrdagi sheroz kutubxonasi bilan bellasha oladigan yagona kutubxona sifatida tan olganlar.
Samoniylar davrida Ro‘dakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar yashab ijod etganlar.
X asrning ikkinchi yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ham ba’zi xonlar o‘z saroylarida kutubxonalar tashkil etdilar. Bu kutubxonalarda arab va hatto G‘arbiy Evropa olimlarining asarlari ham mavjud edi. Bu davrda turkiy til Shakllanib bordi. Yusuf Xos Hojib, Mahmud qoshg‘ariy kabi olimlar o‘zlarining jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan asarlarini yaratdilar.
XI asr boshida G‘aznaviylar davlati, keyinroq saljo‘qiylar, xorazmshoxlar davlati tashkil topdi. G‘aznaviylar davrida ham ilmiy, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojlandi. Mahmud G‘aznaviy o‘z saroyiga juda katta madaniy boyliklarni to‘playdi, olimlarni ilmiy ishga jalb etadi. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy ham Mahmud saroyida yashab, mashhur «Hindiston» asarini Shu erda yaratgan.
XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etadi. Xorazm Shohi Ma’mun o‘z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan «Baytul hikma» - «donishmandlik uyi»da qomusiy olimlar – Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Salh al-Masihiy, tabib Abdulhayr Hammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan Shug‘ullanganlar, lekin toj taxt uchun kurash natijasida bui lm dargohi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Saljo‘qiylardan Alp Arslon Muhammad hokimiyatni boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va ma’rifatparvar inson sifatida dovruq qozondi. U G‘aznaviylar ish uslubiga bir oz o‘zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarishning o‘z uslubini ishlab chiqadi va uni o‘zining «Siyosatnoma» asarida (1091-1092) bayon etadi.
Nizom ul-Mulkning maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari beqiyos. U 1067 yilda Bag‘dodda o‘zining Shaxsiy jamg‘armasiga o‘Sha davrning eng mashhur o‘quv yurti – «Nizomiyya» madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so‘fiylarga katta e’tibor berib, ularga homiylik qiladi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin