Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


XXVI-BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA TURKISTON O’LKASIDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə153/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XXVI-BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI – XX ASRNING BIRINCHI CHORAGIDA TURKISTON O’LKASIDA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI

26.1. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda maktablar tizimi
XIX asrning o‘rtalarida Turkistonda boshlang‘ich ma’lumot bera­digan maktablar hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madra­salar mavjud edi.
Maktablarning aksariyati diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bu maktablar arab tilida Qur’oni o‘qishni o‘rgatish va har bir musul­mon uchun zarur bo‘lgan vazifalarni o‘rgatar edi.
Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari umumiy ta’lim elementlari - ezish va hisoblash o‘rgatilar edi, mashhur Shoirlarning She’r va g‘azallari ham o‘qitilar edi. Bunday maktab o‘quvchilar ba­davlat oilalar farzandlari bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab sav­do-sotiq, hunarmandchilik bilan Shug‘ullanar edilar, ba’zilari qo‘Shimcha ta’lim olib xattotlik bilan Shug‘ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo‘lgan madra­salarda o‘rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilgan. Madrasani tomonlaganlar imomlik qilish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lganlar. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors tojik tilla­rida olib borilar edi.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin mak­tab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktabla­rida bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo‘ldi. Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilayotgan musulmon maktablari ishiga aralashmas edilar.
1917 yil to‘ntarishidan so‘ng Markaziy Osiyoda 3 ta davlat (Bu­xoro amirligi, Xiva, Qo‘qon xonligi) o‘rnida yangi yo‘nalishdagi maf­kuraga asoslangan respublikalar (Turkiston Muxtor Jumxuriyati, Buxoro xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi) tashkil top­di. Yangi sho‘ro Hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o‘quv-tarbiyaviy ish­larni isloh qilish, xalq maorifi tizimining yangi Shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Bunday tad­birlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Yagona sho‘ro "Mehnat maktabi" xalq maorifi uchun aosiy negiz qilib olindi. 1918 yil 20 yanvarda "cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to‘g‘ri­sida"gi dekretga asoslanib, mullalar va ziyoli din ahllarining mak­tablarda dars berishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida dekret qabul qilindi. Mazkur dekretga muvofiq aholining barcha tabaqalari bolala­ri millati, dini va jinsidan qat’iy nazar maktabi tekin o‘qitili­shi to‘g‘risida buyruq chiqarildi. Turkistonda 1918 yil may oyining boshida maktab tubdan qayta qurildi va e’lon qilindi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin