Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə164/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

27.2. 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani
1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa qartasi qaytadan tuzildi.
Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi.
To’ntariShning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o’quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o’zgardi. Din va «Qur’oni Karim»ga e’tibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko’proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi.
Sho’rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo’r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o’zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida Shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, «o’zbekiston tarixi» aslida «SSSR tarixi» darsligining ilovasi edi. «SSSR tarixi» esa Rossiya tarixidan iborat bo’lganligi ma’lum. Xuddi Shu kabi o’zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O’Sha davrlarda yozilgan ko’pgina pedagogik asarlar bugungi kunda o’z ahamiyatini yo’qotdi. Chunki o’zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engel’s, Lenin asarlaridan ko’chirmalar asosiy o’rinni ishg’ol qilardi.
Bolalar va o’smirlarga umumiy ta’lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o’rtasida savodsizlikni tugatish harakati boshlandi. 1930 yil 14 avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang’ich ta’limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi.
30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy etti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o’qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o’qishni tashlab ketish ortib bordi. Ko’pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi etarli bo’lmaganligi tufayli o’qish saviyasi talabga javob bermas edi. Shuningdek, maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo’lsada, ularning o’quv moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi.
Ma’lumki, bol’sheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g’oyasi ustivorlik qildi. O’zgacha fikrlashni «sinfiy dushman» deb baholandi.
Ta’lim sohasini «sinfiy dushman»dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilindi. Masalan, VKP (b) MQ o’rta Osiyo byurosi 1933 yil 27 martda o’qituvchi kadrlar safini tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning natijalari Shu yilning 25 aprelida bo’lib o’tgan o’rta osiyo bo’yicha partiyaning madaniy sohaga bag’ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o’qituvchidan faqat 120 tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topildi.
Bunday «tozalash»dan maqsad saviyasi past bo’lsada mehnatkash tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, «Shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga keltirishdan iborat edi. «tozalash»da kishining qobiliyati, madaniy saviyasi va ma’lumot darajasi emas, balki ijtimoiy kelib chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
Sobiq SSSR MK va xkkning 1929 yil 7 avgust qaroriga asosan arab alifbesi o’rniga lotin alifbosi qabul qilindi. Arab yozuvining lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir Shakli edi. Bu islohotning oqibatida sharq xalqlari tarixi va madaniyatini o’zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan o’zbekiston xalqlarini mahrum qildilar. O’Sha davrning taniqli tilshunos olimi g’ozi Olim yunusov va ilg’or pedagoglar bu islohotni madaniy bilimsizlik deb baholadilar.
1940 yilning may oyida o’zbekistonda «o’zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitidan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Mazkur siyosatlar tufayli o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-odatu an’ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o’rganish imkoniyatlaridan mahrum bo’ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma’rifatparvarlar — Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori abdurashidxonov, Elbek, Otajon hoshimov, shokir Sulaymon, cho’lpon, Abdulla Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi.
Yuqorida aytilgan fikrlardan xulosa Shuki, go’yo to’ntarish Turkiston o’lkasida ma’rifatning, ijtimoiy tuzumning, ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o’ynagan. O’lkada juda ko’plab ziyolilar etishib chiqdi, zavod va fabrikalar qurildi, lotincha savodsizlikka barham berildi. Lekin kezi kelganda Shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktyabr’ to’ntarishi o’lkada, yuqorida ta’kidlanganidek, sobiq sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etish bilan birga, o’zbek milliy qadriyatlariga putur etkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat qilingani, ma’naviyatimizning yo’qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga urinishlar bo’lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta. Chunki har qanday xalq o’z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O’zbek xalqining ana Shu buyukligi ruslar istilosi ostida ko’p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi. Endilikda Shukrlar bo’lsinki, mustaqillik Sharofati bilan yo’qotayozgan barcha milliy va ma’naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz tiklanmoqda.
Bu albatta, Shu bugungi o’zbek maktabini, uning ta’lim-tarbiyasini Sharqona uslubda, jahon redagogikasining ilg’or tamoyillari asosida qayta qurishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixdan ma’lumki, sobiq Sovet davlati, xalqi o’z boshidan kechirgan og’ir davrlardan biri ikkinchi jahon urushi yillaridir. O’Sha davrda mamlakatimiz yoshlarini, xususan respublikamiz yoshlarini yuqori axloq ruhida, ayniqsa vatanparvarlik, do’stlik, mehnatsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi. Bu tarixiy Sharoit taqozosi edi.
Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o’quv dasturlari Sharoitga moslashtirildi.
1943 yilda o’zbekiston hududida 154 ta bolalar uyi bor edi. Bolalar uyining soni 1945 yilga kelib 242 taga, undagi tarbiyalanuvchilar soni esa 31.500 ga etdi.
Urush davrida o’qituvchilar sonini ko’paytirishga alohida e’tibor berildi. Chunki ko’pchilik pedagoglar frontga safarbar qilinganligi uchun Respublika bo’yicha 1940—1941 o’quv yilida 36267 nafar o’qituvchidan 30616 kishi qoldi. Frontga ketgan o’qituvchilar o’rnini to’ldirish uchun qisqa muddatli o’qituvchilar tayyorlash kurslari ochildi. 1941 yildan 1943 yilgacha bu kurslarni 16 ming o’qituvchi bitirib chiqdi. Boshqa sohada ishlayotgan o’qituvchilar ham maktabga qaytarildi.
Mahalliy maktablar uchun o’qituvchilar tayyorlash ishiga, ayniqsa, o’zbek xotin-qizlaridan ko’proq jalb etish zarurligi alohida qayd etildi.
Shaharlardagi maktablarda o’qish uch smenada olib borilar edi. Bu hol esa tabiiy holatda ta’lim-tarbiya jarayonini qiyinlashtirishga olib kelgan edi. Darslar 40 minutga qisqargan. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagan.
Kitoblarning etishmasligi tufayli o’qituvchilar og’zaki tushuntirishga katta e’tibor berdilar. Yangi o’tiladigan dars o’qituvchi tomonidan doskaga yozilar, o’quvchilar uni daftarga ko’chirib olishar edi.
Sharoit taqozosi bilan ko’pchilik o’quvchilar ham maktabda o’qib, ham qishloq xo’jalik ishlarida faol qatnashdilar. Barcha ishlab chiqarish muassasalarida, zavod va fabrikalar qoshida kurslar ochilib, o’quvchilar o’qishdan ajralmagan holda mehnat qildilar.
O’zbekiston mahalliy Sovetlari, sobiq SSSR XKS ko’rsatmasiga binoan, 1943 yilning 1 yanvaridan boshlab 8—10-sinf o’quvchilarini hamda katta yoshdagi o’zbek o’qituvchilarini o’qish haqi to’lashdan ozod etdi. Qozoq, qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, turkman va boshqa mahalliy xalqlar bolalari ham o’qish haqi to’lashdan ozod bo’lishdi.
1942 yilning boshida sobiq SSSR Xalq Komissarlari Soveti qishloq xo’jalik asoslarini maktabda o’qitiladigan fanlardan biri sifatida kiritish haqida buyruq chiqardi.
Davlatning maxsus ko’rsatmasiga binoan 1943 yildan boshlab ba’zi maktablarda o’quv ishlab chiqarish ustaxonalari ochila boshlandi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin