27.1. Turkiston o‘lkasida ta’lim siyosati 1917 yil to’ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz berdi.
Turkiston o’lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog’ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, g’ozi yunus, xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko’rsatdilar.
1917 yil fevralidan oktyabr’ orasida Turkistonning yirik Shaharlarida turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi.
Turkiston o’lkasining markazi — toshkentda 1917 yil 9—14 may kunlari o’qituvchilarning 1-o’lka qurultoyi bo’lib, bunda «Turkiston o’qituvchilar ittifoqi» tashkil etildi.
1918 yilning 23 martida RSFSR Maorif Xalq Komissarligi Turkiston o’lkasi Xalq Komissarligi kengashi o’lka xalq ta’limi kengashini tashkil etish haqida buyruq chiqardi. Mazkur kengash Turkiston hududida xalq ta’limi tizimiga rahbarlik qilishi lozim edi. Joylarda ularning viloyat, Shahar, uezd kengashlari huzurida xalq ta’limi kengashlari tashkil etildi.
1918 yilning yozida Samarqandda “musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar” ochildi. O’Sha yilning kuzida toshkentda — toshkent uezdining tub erli aholisi uchun maktab o’qituvchilari kurslari ochildi.
1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. O’Sha yilning 3 mayida dorilfununning musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso To’xtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi muovin, Abdusamad Qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bokir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni toshkentning eski Shahar qismida Vikula Morozovning sobiq do’koni binosi (hozirgi o’zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi uchun “Xalq dorilfununi” ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi.
Universitet tarkibida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloq xo’jaligi va texnika fakul’teti bor edi. 1919 yil fevraldan universitet qoshida ishchi fakul’teti ham faoliyat ko’rsata boshladi.
1918 yil noyabrda toshkentda maxsus sharqshunoslik ixtisosligidagi oliy ta’limning to’ng’ichi — Turkiston Sharq instituti tashkil qilindi. Institut haqidagi Nizomda uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo’shni mamlakatlar aholisi tilini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar va amaliyotchi xodimlar tayyorlashdir, deb belgilab qo’yilgan edi.
1920 yilda Turkiston xalq universitetiga muqobil Turkiston davlat universiteti (keyin o’rta Osiyo, hozirgi M.Ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti) tashkil qilindi.
Universitet faoliyatining birinchi yili oxiriga kelib unda 6 ta fakul’tet: ijtimoiy-iqtisodiy, tarix-filologiya, fizika-matematika, texnika, tibbiyot, qishloq xo’jalik fakul’tetlari ish olib bordi.
Vaqt o’tishi bilan universitet faqat eng yirik o’quv yurtigina emas, balki ilmiy-nazariy va amaliy tafakkurning, tabiiy va amaliy fanlarning juda xilma-xil sohalari bo’yicha olib boriladigan tadqiqotlarning eng muhim markazi ham bo’lib qoldi.
Bol’Sheviklarning aksil milliy, umuminsoniy ilg’or ma’rifatchilikka dushmanlik qilishlariga qaramasdan 1917—1924 yillarda o’zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma’rifiy turmush vujudga keldi, xalq ma’naviyatida o’z aksini topdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abdulqodir shakuriy, Ismatulla Rahmatullaev, ishoqxon Ibrat, Munavvar Qori, Mahmudxo’ja Behbudiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar.
Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi, ijtimoiy-siyosiy, diniy to’siqlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg’or fikr egalarini, buyuk olimlarni etkazdi, insoniyatga ilm-fan, ma’naviyat sohasida o’lmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi.
Bunday ilg’or fikrli mutafakkir olimlarning asarlari Turkiston o’lkasi maktablarida to 1917 yil oktyabr’ to’ntarishiga qadar asosiy manba sifatida foydalanib kelingan. Jumladan, «Haftiyak» kitobi bo’lib, unda Qur’on suralaridan ettitadan biri tanlab olingan. Taxminan, VIII asrlarda yozilgan. X—XII asrlarda fors-tojik tilida islom dini ruknlari bayon etilgan “Chorkitob”, XII asrlardan boshlab esa Ahmad Yassaviyning hikmatlari asosida bilimlar berilgan.
Abu Nasr Forobiy, yusuf Xos Hojib, Abulqosim Mahmud bin Umar zamaxshariy, alisher Navoiy asarlaridan ham keng foydalanilgan. Zero, bunday nodir asarlar va Sharq mutafakkirlarining oliyjanob hikmatlari, g’oyalari XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o’lkasida pedagogik va uslubiy fikrlarning taraqqiy etishida muhim rol’ o’ynadi. Ayniqsa Turkiston xalqlarining ma’rifatparvarlik pedagogikasi taraqqiyotida asosiy zamin bo’ldi.
Markaziy Osiyo, jumladan Turkiston o’lkasida mahalliy maktablarning xususiyati, ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni, uni tashkil etish usullari o’Sha davr tarbiyasi maqsadiga mos bo’lgan.
Umuman Markaziy Osiyoda Oktyabr’ to’ntarishiga qadar bir necha turdagi maktablar mavjud edi. Ular:
1. Musulmon diniy maktablar:
A) maktab (xona) — eski maktab;
B) qorixona;
V) madrasa;
2. Rus maktablari:
A) umumiy ma’lumot maktablari;
B) kasb maktablari;
V) rus-tuzem maktablari;
G) rus tilini o’rgatish maktablari.
3. “Yangi usul” maktablari (usuli jadid).
Bu davr ijtimoiy-madaniy hayotidagi kuchlar o’rtasida yuz berayotgan sinfiy kurashning murakkabligi maktab-maorif masalalarida ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Demak, endi turli vositalarni ishga solib yangi mazmundagi ma’rifatni tashviq qilish, tarbiya usullarini zamonaviylashtirish ta’limda qulay usullarni topish muammolari turar edi. Bu borada Turkiston o’lkasidagi dastlabki maktablarda ilg’or-ma’rifatparvar pedagoglar — toshkentlik Saidrasul Saidazizov, Abdulla Avloniy, namanganlik ishoqjon Junaydullaev — Ibrat, samarqandlik Abduqodir shakuriy, Saidahmad Siddiqiy, Ismatulla Rahmatullaev, qo’qonlik Hamza Hakimzoda Niyoziylar muhim rol’ o’ynashdi.
Ular XIX asrning II yarmida maydonga kelgan ma’rifatchilik harakatining merosxo’rlari sifatida butun o’lkada katta obro’ga ega bo’lib, rus, ozarbayjon, tatar va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlarini hamda darsliklarini o’rganib o’lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko’rsatdilar. Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o’zbek maktablarida qo’llangan usullardan foydalanib o’zlari tashkil qilgan maktablarda uzoq vaqt davom etgan “hijo” usuli o’rniga “usuli savtiya”da ta’limni tashkil qildilar va darsliklar yaratdilar.