Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya ahamiyati to’g’risida



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə188/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

30.3. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya ahamiyati to’g’risida
Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida chuqur ilmiy bilimlar bilan qurollangan keng ma’lumoti bor ushinskiy pedagogika nazariya­sini ishlab chiqishga kirishdi.
Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fizmiologiya, psixolo­giya, falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlarida foylanishga asoslan­gan bo’lish deb lozim deb ko’rsatdi. Bu nazariya pedagogik reseptlar bilangina chegaralanib qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini ochib be­rish kerak edi. Uning zamonidagi pedagogika bilan ushinskiy yaxshi ta­nishdir.
Ushinskiy pedagogika nazariyasining mavhum, kabinetdan tashqari­ga chiqmay tuzilishiga qarshi bo’ldi, shuning singari, pedagogikada em­pirizmga qarshi bo’lish kerakligini ogohlantirdi, muvaffaqiyatli bo’lsa ham faqat Shaxsiy tajribagagina asoslanish yetarli bo’lmaydi deb ko’rsatdi. U nazariya bilan amaliyotning birligini talab qildi. Ushin­skiy "Hyech qanday xulosa chiqarib bo’lmaydigan biron bir ideyadan ke­lib chiqmaydigan va o’zi ham hyech qanday ideya yaratmaydigan tajriba hyech nimaga arzimaydigan bir narsa bo’lib qolishi singari, hyech nima­ga asoslanmagan quriq nazariya ham puch bir narsa bo’lib qoladi. Na­zariya vokelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazani rad qilmasligi kerak" deb yozgan edi. U nazaryasiz pedagogik amaliyotning medisina­dagi qiyinchilikka o’xshatadi.
Ushinskiy "Pedagogik tarbiyaning ma’lum prinseplarini va tar­biya ishlarining aniq qoidalarini uzlashtirib olishgina kifoya qil­maydi" deydi. U yana "kishi tabiatning asosiy qonuniyatlarini bilishi va ularni har bir aniq hollarda ishlata bilish kerak, "-deb juda to’g’ri aytgan edi.
Ushinskiy "Agar pedagogika kishini bir jihatdan tarbiya qilmoq­chi ekan, u eng avval kishi har jihatdan bilishi kerak"-degan edi.
Ushinskiy bu talabni amalga oshirib "Inson tarbiya predmeti si­fatida" nomli 2 tomli kapital asarini yozdi va 3 chi tomini yozmoqchi bo’lib, materiallar to’pladi va tayyorladi. Ammo bevaqt o’lim 3 chi to­mni yozishga imkoniyat bermadi.
Tarbiya predmeti bo’lgan odam to’g’risida keng bilimga ega bo’lgan ushinskiy pedagogika nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. Ushinskiy pedagogika nazariyasi anatomiya, fiziologiya, psixologiya, falsafa, tarix va boshqa fanlar qonunlaridan foydalanishga asoslangan bo’lishi kerak deb ko’rsatadi. Bu nazariya pedagogik reseptlar bilan cheklanib qolmasdan, balki tarbiya qonunlarini ochib berishi kerak. Ushinskiy pedagogik nazariyaning kabinetdan chiqmasdan tuzilishiga qarshi bo’ladi.. Nazariya bilan amaliyot birligini talab qiladi. Nazariya voqyelikdan ajralmasligi, faktlar mulohazasini rad qilmasligi kerak deb uqtiradi.
K.D.Ushinskiy pedagogika kishini tarbiya qilmoqchi ekan, u avval kishini har tomonlama o’rganishi kerak deb ta’kidlaydi. O’sha paytda ikki oqim mavjud bo’lib, ular bir-biriga qarshi edi:
1. Metafizik psixologiya oqimi.
2. Yangi empirik psixologiya oqimi.
Ushinskiyning pedagogika tizimi xalqchillik g’oyasi asosida qurilgandir. U xilqchillik deb har bir xalqning o’ziga xosligini tushunardi ediki, bu o’ziga xoslik o’Sha xalq yashashi va mehnat qilishi lozim bo’lgan tarixiy taraqqiyot, geografik va tabiiy Sharoitlar bilan ifodalanadi.
U o’zining «Ijtimoiy tarbiyada xalq ruhi haqida» maqolasida tarbiya xalqchillik ruhida bo’lishini, turli xalqlar tarbiyasida tarkib topgan alomatlarni xarakterlab beradi.
Ushinskiy bolalarga shunday tarbiya berish kerakki, ular o’z manfaatlaridan umum manfaatlarini ustun qo’ya olsinlar, deydi.
Ushinskiy bolaning faoliyati va faolligi uning tarbiyasi va ta’limida eng muhim shartlardan biridir deb to’g’ri hisoblaydi. U shu munosabat bilan bolalarni uyushqoqlika, ularning faoliyatida intilishni o’stirishga o’rgatish lozim bo’lgan bola hayotining rejimiga katta ahamiyat beradi. U har qanday tarbiyada mashq ahamiyatini muhim deb biladi.
Ushinskiy kishining kamolotga yetishi uchun jismoniy, aqliy hamda axloqiy tarbiyalari bir-biriga mos bo’lishi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun u tarbiyani garmonik o’sgan shaxsning tarkib topishida bir maqsadga qaratilgan ongli jarayon deb ataydi. U axloqiy tarbiyaga jiddiy e’tibor beradi. Axoloqiy tarbiya bolada insonparvarlik, vijdonlilik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik, intizomlilik va mas’ulitni sezish, kamtarlik kabi xususiyatlarni o’stirishi lozim.
K.D.Ushinskiy ko’r-ko’rona, Tayeq intizomiga qarshi norozilik bildiradi. Qo’rquv bolalarni juda yomon odatlarga o’rgatadi. Lekin uning nazariyasi din bilan bog’liqdir. Uning fikricha, axloqiy tarbiya vositalari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak:
1) ta’lim;
2) o’qituvchining Shaxsan namuna bo’lishi;
3) e’tiqod;
4) o’quvchilarga mohirlik bilan munosabatda bo’lish;
5) ogohlantirish choralari;
6) rag’batlantirish va jazolash.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin