Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

PEDAGOGIKA NAZARIYASI


I-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI



1.1. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida
2019 yil 23-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida ta’lim tizimi, o’qituvchi va murabbiylarning mavqeini oshirishga bag’ishlangan videoselektor bo’lib o’tdi. Unda prezidentimiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lgan maktab ta’limi xususida shunday fikrlar bildirib o’tdi: “Moddiy va ma’naviy hayotni uyg’un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo’g’in bo’lishi lozim. Maktab ta’limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”. Bu borada maktab ta’limi mazmunini qaytadan ko’rib chiqish va zamon talabi asosida takomillashtirish talab etiladi.
Videoselektorda maktablardagi “Milliy g’oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg’usi” kabi fanlar birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy etilishi ma’lum qilindi. Bu esa pedagogika fani mazmunini takomillashtirish vazifasini qo’yadi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ta’lim jarayonini tashkil etishning asosiy me’yoriy-huquqiy asoslarini ham qaytadan takomillashtirish soha oldidagi muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997–yil 29-avgust) da ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan edi. Ta’lim to’g’risidagi ushbu Qonun besh bo’lim 34 moddadan iborat.
2019 yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni loyihasi e’lon qilindi. Yangi tahrirdagi qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb–hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari:
- ta'lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun huquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish;
- ta’lim olish jarayonida ta’lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari darajasigacha takomillashtirish;
- ta’lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish;
- ta’lim sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini hamda ularning o’zari munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb tan olinadi.
1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqlari, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan.
2-bo’limda ta’lim tizimi va turlari mohiyati yoritilgan. Masalan, 9-moddada ta’lim tizimining mohiyati ifodalangan.
Qonunning uchinchi bo’limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga bagishlangan bo’lib, unda ta’lim oluvchilarni va ta’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish masalalari qonuniy ifodasini topgan.
To’rtinchi bo’limida ta’lim tizimini boshqarishdagi vazirlar mahkamasining, ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlari ko’rsatilgan bo’lsa, beshinchi bo’limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yilning 29-avgustida qabul qilingan bo’lib, u besh bo’limdan tashkil topgan. Dasturning ikkinchi bo’limida uning maqsad va vazifalari bilan birga ro’yobga chiqarish bosqichlari ham ko’rsatib berilgan. Dasturning maqsad va vazifalarini ketma-ket uch bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Birinchi bosqich 1997-2001 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy–uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish ko’zda tutilgan edi. Bu bosqichda Ta’lim Qonuni asosida ta’lim tizimi va mazmuni qayta qurildi, umumiy o’rta va oliy ta’lim uchun DTSlar yaratildi, ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish boshlandi, o’rta maxsus ta’lim uchin zarur moddiy texnika, o’quv uslubiy va kadrlar bazasi tayyorlandi, ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimi joriy etila boshladi.
Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib, unda Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda tutildi. Bu bosqichda quyidagi vazifalarni ham amalga oshirish muhim deb belgilangan:
Majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o’tishni to’liq amalga oshirish;
Ta’lim muassalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish;
Ta’lim muassasalarining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o’quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish.
Bu bosqichda ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlarini to’liq ishga solish lozim. Ikkinchi bosqichda belgilangan vazifalar bajarilib, hayotga tadbiq etildi.
Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarni o’z ichiga qamrab olgan bo’lib unda to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.
Bunda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanishi o’quv tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi, elita oliy ta’lim muassasalari qaror topishi ko’zda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish maqsadida so’nggi yillarda bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqildi, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni.
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-406-son.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907 qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 21 apreldagi PQ-2909-son qarori.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi.
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi Prezidentning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq ta’lim muassasalarining moddiy-texnik, axborot va o’quv-metidik resurslarini mustahkamlash, ta’lim muassasalari binolarini qaytadan rekonstruktsiya qilish, laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlash, yutuk mutaxassis pedagog kadrlar bilan ta’minlash, xorijiy hamkorliklarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, o’z qobiliyat va isde’dodlarini namoyon qilishga ko’maklashish; ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; uchinchi tashabbus – aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari hamda internetdan foydalanish ko’nikmalarini oshirish; to’rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish; beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin