Darsga qo’yiladigan talablar
Didaktik yoki ilmiy talablar sirasiga quyidagilar kiradi.
1. Har bir darsning maqsadini aniq belgilash
2. Darslarning optimal mazmunini, o’rganiladigan bilimlar ko’lami, shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarni oldindan aniqlab qo’yish.
3. Darsni tashkil etishga oid ta’lim metodlarini, vositalarini tanlash, o’quvchilar bilish faolligini rag’batlantirish, o’quv topshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq etish.
4.Ta’lim qoidalarini (ilmiylik, faollik, izchillik, fanlararo aloqa va h.k) og’ishmay amalga oshirish.
Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
1.Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish.
2.Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish.
3.Bolalarda o’qishga oid ijodiy motivlarni uyg’otish, bilish, o’qish-o’rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.
4. Dars jarayoniga, pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar jumlasiga quyidagilar kiradi.
1.Dars uchun puxta yo’nalgan konspekt yoki reja tuzish.
2.Darsning bosqichlariga (dars bosqichlarining o’zaro bog’liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar, o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish.
3.Dars tezligini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish.
4.Dars uchun ajratilgan vaqtdan to’laqonli foydalanish.
Darsning turlari:
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki umumlashtirishlarni anglab etish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
o‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).
Dostları ilə paylaş: |