Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə59/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

9.3. Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashhislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (ob’ektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (ob’ektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashhis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos kelishini anglatadi.


Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashhislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida – bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashhisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashhis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir hil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashhislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, no‘qsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin