2. Ma’naviy-axloqiy sifatlarni yuksaltirish bo‘yicha: “Talabaning muomala madaniyati”, “Talabaning ma’naviy-axloqiy qiyofasiga qo‘yiladigan talablar”, “Shaxs ma’naviyatini shakllantirish omillari”, “Talabaning tashqi ko‘rinishi va uning ichki dunyosi”, “Kitoblar – bilim va ma’naviyat manbai”, “Talabalar o‘rtasida ijobiy munosabatlarni shakllantirish” va boshqalar.
3. Milliy merosimizni ulug‘lashga o‘rgatish bo‘yicha: “Ajdodlar merosi – ma’naviyatimiz sarchashmalari”, “Amir Temur yoshlar kamoloti haqida”; “Yuksak madaniyat va ma’naviyat – jamiyat taraqqiyotining poydevori”, “Tarix – millat ma’naviyatining negizi” va boshqalar.
4. Oila tarbiyasi bo‘yicha: “Oilada farzand tarbiyasi”, “Oilada ota-onaning o‘rni”, “Farzandning ota-ona oldidagi burchlari”, “Vatan ostonadan boshlanadi”, “Bir bolaga etti mahalla ota-ona” va boshqalar.
5. Aqliy tarbiyani shakllantirish bo‘yicha: “Yoshlar intellektual salohiyati – kelajak muvaffaqiyati”, “Zamonaviy ilm-fan yutuqlari”, “XXI asr ilm-fani: muammolar va echimlar”, “Innovatsion g‘oya – taraqqiyot kaliti” va boshqalar.
II. Uchrashuvlar. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yoshi ulug‘ shaxslar, o‘z kasbining etuk mutaxassislari, tajribali pedagoglar bilan uchrashuvlar tashkil etish ham ijobiy samaralar beradi. Masalan, “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” mavzusida O‘zbekiston qurolli kuchlarining etuk mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. “1 mart – giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi kurash kuni”, “15-may – Xalqaro oila kuni”, “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”, “21 oktyabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”, “4 noyabr – YUNESKO tashkil topgan kun”, “10 noyabr – Xalqaro yoshlar kuni”, “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni”, “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni”, “1 dekabr – Xalqaro OITS (SPID)ga qarshi kurash kuni”, “8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” kabi muhim sanalar va bayramlarga oid soha mutaxassislari hamda tajribali pedagog va faxriylar bilan uchrashuvlar uyushtiriladi. Uchrashuvlarni o‘tkazishga alohida tayyorgarlik ko‘rilib, o‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha sohani yorituvchi slaydlar, videoroliklar tayyorlanadi.