Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Musulmon maktablari va unda ta’lim- tarbiya mazmuni



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə123/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

21.2. Musulmon maktablari va unda ta’lim- tarbiya mazmuni
Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiya rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatdilar. Maalan, arab mulklarining dastlabki xaritalari IX asrda tuzilgan bo‘lib, ularda daryolar oqimi to‘g‘risida mufassal ma’lumotlar bo‘lgan. Ispaniyadan Markaziy siyo va Hind daryosigacha cho‘zilgan musulmon dunyosi bu xaritada batafsil ko‘rsatilgan. Ko‘p hududlarga arabcha nomlar beriladi. Xususan, Movarounnahr ham arabcha bo‘lib, «daryo orti» ma’nosini bildiradi.
Islom Arabiston yarim orolida uning ko‘p asrlik tarixidan o‘sib chiqqan yaxlit diniy-siyosiy oqim sifatida vujudga kelgan bo‘lsa, ayni paytda u qadimgi dunyoni idrok etishning tushkunligi va o‘rta asr jamiyatining tiklanish davrida butun yaqin sharq ma’naviy ehtiyojiga aks sado ham bo‘ldi. Siyosiy g‘alaba hamda o‘ziga yangi o‘zga qarashlarni singdira bilishi tufayli u o‘rta asr davri borliqni mafkuraviy idrok etishning asosiy shakllaridan bo‘lib qoldi. Islomning g‘alaba qilishida uning asoschisi, Allohning vakili bo‘lgan payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning shaxsi katta rol o‘ynadi.
Movarounnahrda boshqa istilo etilgan davlatlar qatorida islom dini bilan birga uning muaddas kitobi «Qur’on»ning tili, arab tilini o‘rganish joriy etildi. Bu kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi.
Musulmon maktablarida arab tili muhim fan sifatida o‘qitilardi, bilim Shu tilda o‘rganilar edi. Arabistondagi kaaba Movarounnahrda ham barcha masjidlar huzurida maktablar ochiladi va o‘g‘il bolalarga shu maktablarda Qurg‘on o‘qishni o‘rgatishga farmon beriladi. Bolalarni shu masjid imomi o‘qitar edi.
Uzoq o‘tmishimizdagi ta’lim-tarbiya tizimi, uning bosqichlari, muassasalarri yaxlit holda o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, saqlanib qolgan oliy madrasalarga faqat me’moriy yodgorlik sifatida qaralib, ularning o‘tmish oliy ta’limi tizimidagi o‘rni deyarli o‘rganilmagan.
Bizgacha etib kelgan ma’lumotlarning ko‘pchiligi mamlakatimizda Islom tamadduni davrlariga tegishli bo‘lganligi sababli ularga ta’lim-tarbiya tizimi va muassasalari – maktab, madrasa, madrasai oliya kabi arabcha atamalar bilan atalgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘tmish ta’lim-tarbiya tizimi uch bosqich va uning uch muassasasi – boshlang‘ich maktab, o‘rta maxsus (madrasa) va oliy, ya’ni madrasai oliyadan iborat bo‘lgan.
Ta’limning birinchi bosqichi boshlang‘ich maktab – «madrasat-ul-ibtidoiya», ikkinchi bosqichi – o‘rta maxsus bilim yurti – «madrasat-us-sonaviya» va uchinchi – oliy o‘quv yurti – «madrasat-ul-oliya» tarzida nomlanishi qayd qilingan. Shu bilan bir qatorda davr taqozosi bilan ta’limning ikkinchi bosqichi – ixtisoslashtirilgan bilim yurtlari – «madrasat-ul-harbiya» (harbiy bilim yurti), «madrasat-us-sano’iya» (san’at bilim yurti), «madrasat-ul-muallimin» (pedagogika instituti) tarzida atalishi ham uqtirilgan.
O‘tmish ta’lim tizimidagi uchinchi bosqich – oliy ta’lim muassasasi «madrasai oliya» deb atalgan va u universitet maqomida bo‘lgan.
Manbalarda qayd qilinishicha, IX-X asrlarda Samarqandda 17 ta madrasa bo‘lgan (hozirda ular saqlanmagan, nomlari ham ma’um emas). Bu madrasalar orasida madrasai oliyalari ham bo‘lganki, ularda faqat Movarounnahrdan emas, balki arab mamlakatlaridan ham tolibi ilmlar tahsil olganlar.
Bunday an’ana sohibqiron Amir Temur va temuriyzoda Mirzo Ulug‘bek davrida yanada yangicha va o‘ziga xos xususiyat bilan boyigan. Mirzo Ulug‘bekning Samarqanddagi madrasai oliya majmuasi keyinchalik qurdirilgan rasadxona bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular ta’lim tizimi va ilmiy tadqiqotlarning o‘zaro aloqadorligining yorqin namunasidir.
Madrasai oliyaga talabalarni qabul qilish, mudarrislarni tayinlash, ularni sinovdan o‘tkazish uchun Qozizoda Rumiy boshchiligidagi olimlar hay’ati va ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatgan. Yig‘ilishlarda Mirzo Ulug‘bekning o‘zi ham qatnashgan. Talaba, mudarris va madrasa xodimlari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib turilgan. Madrasai oliyani bitirganlarga dars berish uchun ijozatnoma – diplomlar berilgan. Qozizoda Rumiy qo‘l qo‘ygan ana Shunday ijozatnomalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi.
Mirzo Ulug‘bekning madrasai oliyasi keyinchalik zamon va davrlar taqozosi bilan bir maromda bo‘lmasa-da, XX asr boshlarigacha o‘z faoliyatini davom ettirgan. XX asrda Samarqandda tashkil etilgan va keyinchalik universitetga aylantirilgan pedakademiya Ulug‘bek asos solgan «madrasai oliya»ning o‘zgargan ko‘rinishi edi, desa bo‘ladi. Buni tabiiy hol deb atash mumkin, chunki G‘arb mamlakatlaridagi universitetlar ham o‘Sha o‘lkalardagi qadimiy seminariyalar asosida shakllangan.
Shunday ekan, Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek asos solgan «madrasai oliya»ning bevosita vorisi desa bo‘ladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin