Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogic merosi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə189/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

30.4. K.D.Ushinskiyning didaktik qarashlari va pedagogic merosi
K.D.ushinskiyning didaktika sohasidagi qarashlari juda chuqurligi va maqbulligi bilan ajralib turadi. U ta’limni bolalar xususiyatlari va yosh bosqichlarini hisobga olib tashkil etish kerakligini talab qiladi. U o’qitish vaqtida bolaning diqqatidan foydalanish to’g’risida qimmatli ko’rsatmalar beradi, u ikki turli diqqat mavjudligini ko’rsatada: faol va nofaol diqqat.
Faol diqqat ixtiyoriydir. Nofaol diqqat esa g’ayri ixtiyoriydir. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olib nofaol diqqatga oziq berish kerak, Shu bilan bir vaqtda muhim bo’lgan faol diqqatni ham taraqqiy ettirish kerak deb hisoblaydi.
Ushinskiyning fikricha, ta’lim bolalarning kuchi yetadigan va izchil bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida bolaning charchashiga yo’l qo’ymaslik kerak. U darsda bolalarning yoshini hisobga olib ko’rsatmalilik tamoyilini qo’llashni ma’qullaydi. Bolalar Shakllar, ranglash, tovushlar, umuman sezgilar bilan fikrlaydi. Bunda ko’rsatilgan narsalarning aytilgan gapga mosligi bolalar dunyoqarashining rivojlanishiga, fikrlash qobiliyatining o’sishiga yordam beradi.
Ushinskiy o’zidan oldingi pedagoglar yaratgan ko’rsatmali ta’lim metodikasini ancha boyitdi. Masalan, u bolalarga ramslarga qarab mazmunini gapirishni, dars vaqtida foydalanilgan rasmlarni sinf devorlariga osib qo’yishni taklif qiladi. U ta’limni tarbiyaning eng muhim vositasi deb hisoblaydi.
Ushinskiy darsga katta e’tibor berdi. Maktabda o’quv mashg’ulotlarining muvaffaqiyatli bo’lishida sinf-dars tizimining o’ziga xos xususiyati o’quvchilar tarkibi doimiybo’lgan, maktabning asosiy bo’g’inini tashkil etuvchi sinfdagi mashg’ulotlarni jadval asosida olib borishni o’qituvchining o’quvchilar bilan yalpi (frontal) mashg’ulot olib borilishini, bunda o’qituvchining asosiy rol o’ynashini ko’rsatadi. Har bir dars ma’lum bir maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak, unda ta’lim bilan birga tarbiya ham berilishi zarur. Darsda mashg’ulotlarni almashtirib, dars uslublarining xilma-xil bo’lishini tavsiya etadi.
Ushinskiy 1964 yilda yozgan «Rus tilini dastlabki o’qitish» nomli maqolasida qimmatli uslubiy ko’rsatmalar beradi va o’qitishning 3 ta vazifasi bor deb ko’rsatadi:
1) Bolaning nutqini o’stirish;
2) Bolalarni rus tilining imkoniyatlaridan ongli ravishda foydalanishga o’rgatish;
3) Tilning grammatikasini o’zlashtirish.
Bu vazifalar birgalikda bajariladi. Nutqni o’stirishda og’zaki va yozma mashq turlarini tavsiya etadi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin