Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə192/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Maktabgacha tarbiya
Aqshda bolalar uch yoshga to’lgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berish ko’zda tutilmagan. Farzandlarga qarab uyda o’tiradimi yoki enaga yollab ishga tushadilarmi, bu onalarning ishi. O’zbekistondagi kabi keng va Shinam, ikki qavatli, o’ynaydigan, uxlaydigan, ovqatlanadigan alohida xonalari bo’lgan bog’cha va yaslilar Amerikada odob tusiga kirgan emas. Enaga yollash oila uchun haftasiga 200 dollardan kamga tushmaydi. Bu mamlakatda 30-40 bolaga mo’ljallangan xususiy va davlat tasarrufidagi bog’chalar mavjud. Ular enaga yollashdan biroz arzonroqqa tushadi. Lekin har ikki holda ham, uydan olib borgan ovqatlarni edirishadi, krovatchalar, ko’rpa, to’shak, yostiqni ota-onalar olib borishadi. Amerikada bizdagidek taomnomalar, o’quv dasturlari yo’q. Bolalar yozda atrofdagi ko’kalamzorlarda o’ynab dam oladilar.
Bu bog’chalarda ham bolalar yoshlariga qarab turli guruhlarda tarbiyalanadilar, ularga tarbiyachi-mutaxassis qaraydi, ular ovqatni tayyorlab beradi, turli qo’shiqlar, She’rlar o’rgatadi, quvnoq o’yinlar uyushtiradi. Ammo har kim o’z uslubiga muvofiq ishlaydi, umumiy qoidalar, o’quv dasturlari joriy qilinmagan. Lekin bolalar uchun haqiqiy ta’lim-tarbiya jarayoni ular 5 yoshga to’lganlaridan keyin boshlanadi. Ana Shu yoshda ular «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov bog’chalariga jalb etiladilar. Ular hukumat tasarrufida bo’lib, bog’chalar yoki maktablar tarkibida tashkil etiladi. Bolalarni maxsus «maktab avtobusida» uyga olib keladilar va maktabga olib boradilar. Bunday avtobuslar yo’l-transport hodisalaridan to’la muhofaza etilgan: sariq rangga bo’yalgan, uning signallari barcha transport vositalari itoat etishga majburdirlar. Maktab avtobuslarini boshqa transport vositalari quvib o’tishimumkin emas, tartibni buzganlar qattiq jazolanadilar.
Boshlang’ich maktab
Boshlang’ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarga to’laqonli bilim, berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo’lib shakllanishini ta’minlashdan iboratdir. Boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan o’quv predmetlari va dasturlari bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo’lib, ular o’quvchilarning umumiy savodxonligini ta’minlab berishdan tashqari ma’lum darajada kasb yo’nalishiga ham ega qiladi. Sinfdan-sinfga ko’chirish o’quvchining o’qish tezligi, yozuvi, husnixati, arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san’at kabi predmetlarni boshlang’ich sinf dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o’zlashtirib olganligiga qarab belgilanadi. Amerika maktablarida o’quv-tarbiya ishlari bilan bog’liq masalalarni to’laligicha har bir Shtat o’ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang’ich maktablarda o’quv davomiyligi Shtatlarda turlicha bslgilangan. Ya’ni boshlang’ich ta’lim 4, 5, 6, 8 yillik bo’lishi mumkin. O’quvchilar Shu davr ichida ingliz tili, ijtimoiy fan, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va san’at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. Aqsh maktablarida o’qish har bir o’quvchi uchun faxriftixor bo’lishiga, o’quvchi o’z bilimi, imkoniyati, nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e’tibor beriladi. O’quvchilarni maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo’lib qolishlari favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichidanoq o’quvchilar uchun turli to’garaklar, sayohatlar tashkil etiladi, xilma-xil ko’ngil ochar tadbirlar o’tkaziladi. Lekin ular pullik bo’lib, unga oila byudjetining 10-16 foizi sarflanadi. Qurbi etmaydigan oilalar farzandlariga bu borada ba’zi imtiyozlar beriladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin